Microsoft Word kartografiya doc



Download 12,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/101
Sana14.04.2022
Hajmi12,54 Mb.
#550158
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Bog'liq
KARTOGRAFIYa

60-
расм

Generalizatsiya jara
ё
ni masshtab wzgarganda (kichrayganda) 
kwzga ayniqsa yaqqol tashlanishi bir joyning 3 xil masshtbadigi 
kartalarda kwrish mumkin (60-rasm). Masalan, 1:10000 
masshtabli kartada ah’oli yashaydigan binolargina qora rangda, 
tomorqalar shtrix chiziqlarda tasvirlangan, 1:25 000 masshtabli 
kartada h’amma binolar bir xil qora rangda tasvirlangan, 1:50 000 
masshtabli kartada kvartallar h’am umumlashtirilib, eng asosiylari 
berilgan, tarmoqlar butunlay tushirib qoldirilgan. Jarliklarni 
tasvirlovchi shartli belgilar h’am wzgargan. 
Generalizatsiya jara
ё
ni h’amma 
kartalarda bir xil emas, chunki unga tasir 
qiluvchi omillar, yani kartaning masshtabi, 
maqsadi, mazmuni va tasvirlana
ё
tgan 
h’ududlarning wziga xos geografik 
xususiyatlari turlichadir. 
Kartaning masshtabi. 
Generalizatsiyada 
masshtab maydalashgan sari tasvirlanadigan 
geografik obektlar saralanib, kamayib boradi, 
kartani wqish qiyinlashadi. Masshtabning 
generalizatsiyaga tasirini bir h’ududning ikki xil 
shu masshtabdagi kartalarini taqqoslash bilan 
yaqqol kwrish mumkin. Masalan, Wzbekiston 
geografik atlasidagi (1999 yil, 9-bet), 
Wzbekiston tabiiy geografik kartasidan 
(masshtabi 1:4 mln.) Farg’ona vodiysini olib 
kwrsak, xuddi shu betdagi kesma karta 
h’olatda berilgan «Farg’ona vodiysi» kartasi 
(masshtabi 1:1,5 mln.) solishtirsak, ularda 
tasvirlangan tafsilotlarning soni bir-biridan katta 
farq qiladi. 1:4 mln. li kartada atigi 4 ta shah’ar 
(Farg’ona, Andijon, Namangan va Qwqon) 
tasvirlansa, 1:1,5 mln. li kartada 8 ta shah’ar 
(yuqoridagilarga qwshimcha, Rishton, Marg’ilon, Paxtobod, Pop) kwrsatilgan. 
Kartaning maqsadi.
 
Kartalar bir xil masshtabda bwlsa h’am h’ar xil 
maqsadlar uchun nashr qilinganligi sababli ularning mazmunida farq bwladi. 
Masalan, Wzbekiston geografik atlasining (Toshkent, 1999) 9-betida berilgan 
«Wzbekistonning tabiiy kartasi» bilan «Wzbekistonnning ijtimoiy-iqtisodiy atlasi» 
dagi (Toshkent, 2000) Tabiiy geografik kartalar masshtablari bir xil (1:4 mln.) 
bwlsa-da tasvirlangan tafsilotlar soni bir-biridan farq qiladi, yani birinchi kartada 
qazilma boyliklar tasvirlangan shartli belgilar soni 76 ta bwlsa, 8-sinf atlas 
kartasida 32 ta qilib kwrsatilgan. Ah’oli yashaydigan joylar sonida h’am farq 
bwlib, birinchisida 36 ta, 8-sinf kartasida 60 dan ortiq berilgan. Maktablar uchun 
chiqarilgan kartalarda kartani mazmunidan tashqari maktab wquv dasturi 
talablari va wquvchilarning 
ё
shi, bilim darajasi h’am etiborga olinadi.
Generalizatsiya qilishda karta mazmunining roli
h’am kam emas. 
Wzbekistonning geografik atlasidagi bir xil masshtabdagi tabiiy va si
ё
siy-
mamuriy kartalarida tasvirlangan geografik elementlarning soni bir xilda emas. 


95
Vah’olonki, bu ikkala karta h’am bir xil masshtabda bwlib, Wzbekistonning tabiiy 
geografik kartasida ah’olini yashash yashaydigan joylarning soni si
ё
siy-mamuriy 
kartadagiga nisbatan juda kam. Si
ё
siy-mamuriy kartadagi bazi bir ah’oli joylari: 
Jasliq, Qwng’irot, G’allaorol, Wsmat, Chinoz va boshqalar si
ё
siy kartada 
berilmagan. Holbuki, bu shah’arlar orientir h’isoblanadi. 
Kartada 
tasvirlana
ё
tgan xududlarning wziga xos xususiyatlarini
 
etiborga 
olish generalizatsiyaning twrtinchi omilidir. Har qanday h’udud kartasida u 
joyning wziga xos tabiiy xususiyatlari saqlanishi kerak. Masalan, Finlyandiya 
«ming kwllar» mamlakati deb yuritilib, uning janubiy qismida kwllar landshafti 
asosiy wrin tutadi. Generalizatsiyaga kwra kartada mayda kwllar tasvirlanmasa 
h’am bwlar edi. Lekin Finlyandiya kartasida kwllar tasvirlanmasa, kwllar 
landshafti twlaligicha aks etmay qoladi. Shu sababli mayda kwllar (masshtabga 
sig’maydigan kwllar) h’am h’ududning wziga xos xususiyati sifatida tasvirlanishi 
lozim. Wzbekiston tabiiy kartasida Qizilqumni tasvirlashda qum landshafti, 
Farg’ona vodiysida adirlar landshafti saqlanishi kerak. 
Generalizatsiya qilishda geografik obektlarning wziga xos xususiyatlaridan 
tashqari, geografik elementlarning xalq xwjaligidagi roli h’am etiborga olinishi 
shart. Wrta Osi
ё
da suv obektlarining roli nih’oyatda katta. Barcha xalq xwjaligi 
tarmoqlari suv bilan bog’liq. Shuning uchun Wrta Osi
ё
kartalarida suv obektlari 
iloji boricha twliq kwrsatiladi. Masalan, uzunligi 20 km bwlgan dar
ё
ё
ki soy
tasvirlanishi kerak. Rossiyaning Evropa qismi Shimolida, G’arbiy va Sharqiy 
Sibirda bunday uzunlikdagi dar
ё
ё
ki soy kwrsatilmasa h’am bwlaveradi. Wrta 
Osi
ё
da bazan undan h’am qisqa dar
ё
-soylar tasvirlanishi mumkin. 
Kartada shunday miqdor kwrsatkichli tafsilotlar h’am borki, ular 
generalizatsiya qilinsa, sifat kwrsatkichlari ywqolib ketadi. Masalan, dengiz va 
okeanlarning chuqurligini kwrsatuvchi izobatalarni kwrsatganda 200 m li izobata 
tasvirlanishi shart, chunki u materik sa
ё
zligining chegarasidir. Wrta Osi
ё
ning 
tabiiy kartasida 1000-gorizontal kwrsatilishi shart, chunki u paxta ekiladigan 
erlarning yuqorigi chegarasi h’isoblanadi. 
Xullas, umumiy geografik kartalarda tafsilotlar bir xil aniqlik va 
mukammallikda saralanib tasvirlansa, mavzuli kartalarda ularning maqsadiga
mazmuni va mavzuiga muvofiq h’ar xil darajada generalizatsiya qilinadi. 

Download 12,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish