Microsoft Word jamila chingiz aytmatov ziyouz com doc



Download 173,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/30
Sana31.12.2021
Hajmi173,09 Kb.
#255515
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Jamila

www.ziyouz.com kutubxonasi 

4

Yon-atrofdagi odamlar:  



— E, bu qanday shaddod kelin o’zi! Tushganiga hech qancha vaqt bo’lmay, tilidan zahar sochadi-

ya! — deganlarida, oyim: 

— Mayli, shunisi yaxshi! Kelinimiz ochiq-yoriq, sira bo’sh kelmaydi... Ana shunday ko’nglida kiri 

yo’q odam yaxshi, indamay yurgan pismiqlardan qo’rqish kerak, hamma fisq-fasod o’shalardan 

chiqadi, — deb javob qaytarardi. 

Otam bilan haligi «ishchan» degan oyim boshqa qaynota, qaynonalardek Jamilani turtmay, 

so’kmay, aksincha, o’z farzandlaridek erkalatishib: «Xudo ishqilib o’ziga insof bersin, to’g’ri yurib, 

to’g’ri tursa bo’lgani!» — deyishardi. Ular voyaga yetgan to’rt o’g’ilarini harbiyga jo’natishib, ikki 

xonadondagi yakkayu yagona kelinini ranjitishadimi? Biroq men oyimning ba'zi ishlariga hayron 

qolardim. Boshqalarni qo’yib turaylik, oyim birovlarning qo’liga qaraydigan ayollardan emas edi. Har 

yili kuz kelishi bilan odati bo’yicha otam tayyorlagan olti qanotli qora o’tovni tikib, archa tutatardi. 

Bizlarni chizgan chizig’idan chiqmaydigan qilib tarbiyalab, hargiz ikki oilaning boshini qovushtirib 

kelardi. Oyimning aytgani-aytgan, degani-degan edi. Ammo Jamila oramizda ajralib turardi. To’g’ri, u 

kampirlardan biroz tortinar, ularning hurmatini joyiga qo’yar, biroq ovuldagi ko’pchilik kelinlardek 

indamay boshini quyi solib o’tirmas yoki teskari qarab po’ng’illamas, ko’nglida borini yashirib 

o’tirmay, shartta gapirib qo’ya qolar edi. Gaplari o’rinli bo’lsa, oyim uni ko’pincha ma'quliar, lekin 

o’shanda ham o’z gapini ikki qilmasdi. Nazarimda, oyim uni bir so’zligi, to’g’riligi uchun o’ziga yaqin 

tutar, kelajakda uni ikki xonadonning boshini qovushtirib, ro’zg’orning rizq-barakasini o’zidek saqlay 

oladigan uddaburon o’rinbosar qilib qoldirish niyatida bo’lsa kerak. 

— Xudoga shukr, tagli-joyli yerga tushding, bolam. Bu ham bo’lsa sening baxting, buni sira ham 

yodingdan chiqarma. Xotin degan tangrining berganiga shukr qilib, ro’zg’orida birini ikki qilib yursa, 

shuning o’zi katta davlat. Biz chol-kampir topgan-tutganimizni o’zimiz bilan birga go’rga olib 

ketarmidik... O’z qadr-qimmatingni bilsang, sira kam bo’lmaysan, doim martabang baland bo’ladi, 

bolam, — deb eslatib turardi. To’g’ri, chol-kampirlarning cho’chiganicha bor edi: Jamila juda sho’x, 

yosh bolaga o’xshardi. Bir qara-sangiz o’zidan-o’zi kampirlarga suykalib erkalanar, yo bo’lmasa 

birdan qah-qah urib kular, yoki ko’chadan kirib kelayotganida xuddi yosh qizchalardek ariqdan 

lorsillab sakrab o’tar, yoxud o’zicha xirgoyi qiiib yurardi. Kampirlar Jamilaning bu qiliqlarini 

o’zlaricha gap qilib: «Hali bola-da, bora-bora quyulib qoladi» deb qo’yishardi. 

Menga bo’lsa yangamning shunaqaligi yoqardi. Ba'zida ikkivomiz olishib, kurashib, quvlashib ham 

ketaverardik. 

Jamila sarvqomat, bejirim ayol edi. Ikki o’rim qora sochini boshiga chambarak qilib o’rib, ustidan 

tang’ib olgan oppoq durrasi uning bug’doyrang kulcha yuziga shunday yarashib tushar ediki, asti 

qo’yaverasiz! Jamila kulganda uning shahlo ko’zlarida navqiron yoshlik barq urar, shunda u beixtiyor 

qaddini rostlab, ovulning sho’x laparlarini kuylab yuborardi. Ovuldagi yigitlar, ayniqsa frontdan qaytib 

kelgan yigitlarning Jamilani ko’z ostiga olishib, tegishib yurganlarini necha bor payqardim. 

Hangomatalab yangam ular bilan bemalol hazil-huzul qilishardi-yu, biroq haddidan oshganlarning 

ta'zirini berib qo’yardi. Bari bir bu mening izzat-nafsimga qattiq tegar, yangamni rashk qilardim. 

Shuning uchun ham haligi “bezorilarga” o’zimni ko’rsatib qo’yay deb: «Hoy, bilib qo’yinglar, bu 

mening yangam bo’ladi-ya, ko’p pashshaxo’rda boiavermanglar* degandek, ularning so’zini shartta 

bo’lib, viqor bilan xo’mrayib qarardim. 

«Endi mma qildik, buning yangasi ekan-ku!» deb yigitlar masxara qilib kulishganida, qizarib-

bo’zarib, azbaroyi xo’rligim kelganidan yig’lab yuboray derdim. Buni sezgan yangam xursand bo’lib, 

kulgidan o’zini tiyolmay jilmayib: «Ishlaring bo’lmasin, nima, yanga degan yerda qolibdimi? Yur 

ketdik, qayinim!» deb ularning battar qitig’iga tegar, so’ngra boshini mag’rur ko’targancha dadil 

qadam tashlab ketardi. U yigitlarning ta'zirini berganidan ham xursand bo’lib, ham o’ziga xo’rligi 

kelib, menga qarab bir kulimsirab qo’yardi. Balki u: «E tentak, yangamga ko’z-quloq bolaman 

deysanmi? Agar buzilaman desam, ming ko’z-quloq boisang ham buzilaman. Axir men chumchuq 



Jamila (qissa). Chingiz Aytmatov 

 

 




Download 173,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish