Miloddan avvalgi III asr o‘rtalaridan e'tiboran yunonlardan
namuna olib hashamatli uylar qurila boshlangan, miloddan avvalgi II
- I asrlarda shaharda ko‘p qavatli binolar paydo bo‘lib, ularda ayrim
uylar ijaraga berilgan. Bu binolar juda omonat qurilib, shaharda tez-
tez bo‘lib turadigan yong‘inlarda kuyib kul bo‘lgan.
Qadim zamonda Rim binolari bir-biriga yopishib turgan,
ko‘chalar egri-bugri labirintdan iborat bo‘lgan. Ko‘pchilik ko‘chalarga
tosh yotqizilmagan, ular yomg‘irda yurib bo‘lmaydigan botqoqqa
aylangan.
Axlat va iflos suvlarni oqizib yuborish uchun Rimda miloddan
avvalgi VI asr oxirlarida yer tagidan katta quvur - kloaka o‘tkazilgan
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |