Suriya”, qo‘zg‘olonchilarga esa o‘zlarini “suriyaliklar” deb atashni
buyurgan. Yevn qullar ichidan shoh kengashini tanlab oladi.
Kilikiyada tug‘ilgan Kleon Yevnga qarshi chiqadi. U o‘z
tarafdorlarini yig‘ib, Yevn qo‘shinlariga zarba beradi.
Qo‘zg‘olonchilar “Yangi Suriya shohligi” poytaxti Ennadan tashqari
yana bir necha shaharlarni egallaganlar. Tavromeniy
qo‘zg‘olonchilarning qo‘rg‘oni edi. Ular mayda erkin dehqonlarga
tegmaganlar, hunarmandlarni o‘zlariga qurol yasashga majbur
etadilar. Sitsiliyadagi qo‘zg‘olon ta'sirida boshqa joylarda ham qullar
g‘alayon ko‘tardilar. Sitsiliyadagi voqyealarning kengayishidan
tashvishga tushgan Rim senati qo‘zg‘olonni bostirish uchun katta
harbiy kuch yo‘llaydi. Ammo, dastavval, Rim qo‘shinlari
muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Miloddan avvalgi 132 yildagina
Do'stlaringiz bilan baham: |