Yunon - Fors urushlari. Yunon-fors urushlariga oid asosiy
manba Gerodotning “Tarix” asari bo‘lib, bu asar bayoni miloddan
avvalgi 478 yil voqyealaridan so‘ng to‘xtagan. Qator qadim grek
tarixchilari bu urushlarga oid ayrim voqyealar va xususiyatlar
xususida hikoya qiladilar. Esxill “Forslar” tragediyasida shohid hamda
bevosita ishtirokchi sifatida Salamin oroli yonida greklarning forslar
bilan dengiz jangini yorqin tasvirlagan. Miloddan avvalgi V asr
obidalarida ham bir qancha yozuvlar saqlanib qolgan. Keyinroq
yunon-fors urushlari haqida sitsiliyalik Diodor yozgan. Plutarx o‘sha
zamonda Afinaning atoqli siyosiy va harbiy arboblari - Femistokl,
Aristid va Kimonning tarjimai hollarini bayon etadi. Afinada va jang
bo‘lgan boshqa joylarda topilgan arxeologik qazuv materiallari ham
muhim ahamiyatga ega.
Yunon-fors
urushlari
davrida
forslar va greklar. Miloddan
avvalgi VI asr o‘rtalarida paydo bo‘lgan va miloddan avvalgi VI
Do'stlaringiz bilan baham: |