«Men ko‘rgan uylarning tomlari shu qadar baland ediki, ortidan
tog‘lar ko‘rinmaydi» deb yozadi. Arxeologlar qadimda yetti va undan
baland qavatli qilib qurilgan imoratlarni topdilar. Kushon va guptalar
davrida to‘qimachilik va haykaltaroshlik rivoj topgan bo‘lib, o‘sha
davr qaydlarida kiyimlar turli ranglar bilan kashtalangani, oltin bilan
tikilgani haqida ma'lumotlar keltiriladi. Erkaklar ayollar kabi,
zargarlik buyumlarini taqqanlar.
Kemasozlik. Bu davrda o‘ziga xos kema ustaxonalari bo‘lib,
ularda ko‘plab usta va ishchilar mehnat qilgan. Kema jihozlarini
ishlab chiqaruvchi ustaxonalar haqida «Artxashastra»da ma'lumotlar
keltiriladi. Kemalar davlatga qarashli hamda xususiy bo‘lib, ulardan
harbiy maqsadlarda keng foydalanilgan. Ular daryo yoki dengizga
moslashtirilib, katta yo kichikroq qilib qurilgan. Birinchi asrda kema
qatnovi yo‘lga qo‘yilib, ular Afrika va Osiyoning turli o‘lkalariga
qatnagan. Hind dengizchilari musson oqimlari xususiyatlarini,
ularning qay vaqt va qay tomonga esishini yaxshi o‘zlashtirib
olganlar. Musson oqimlarining kashf etilishi katta ahamiyat kasb
etgan. Xitoy sayyohi Fa Syan V asrda Yava oroli orqali 200 kishi
bilan Hindistonga kelgan. Qadimgi Hindistonning asosiy portlari:
Bxrigugxa (hozirgi Bxaruch), Mumbay (Bombey) yaqinidagi
Shurparapa (hozirgi Sapara) g‘arbiy sohillarda joylashgan. Tamralipti
va Nampa Hindiston Sharqidagi muhim portlar hisoblangan. Bu
portlardan kemalar sohil bo‘ylab Janubiy Hindiston va Seylonga yetib
borgan. Yunonlar qo‘li ostidagi Misr savdogar va dengizchilari
Hindiston bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. Periklning I asrga oid
yunon tilidagi «Eritreya dengizi» asarida dengiz yo‘llari ko‘rsatkichi
haqida ham ma'lumotlar bor. Unda hind shohlarining Rim
imperatoriga nomalar yo‘llagani haqida aytib o‘tiladi.
218
Savdo. Manbalarga qaraganda, quruqlikdagi savdo turli
yo‘nalishlar, hatto Himolay tog‘lari orqali ham olib borilgan. Ammo
eng muhimi, shimoliy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘lib, undan mamlakatni
Qobul va u orqali boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan eng
serqatnov yo‘l o‘tgan. Savdogarlar Taksila va Purushapura orqali
Parfiya va undan O‘rta Yer dengizi bo‘yi mamlakatlariga chiqib,
Amudaryo va Kaspiy dengizi orqali Qora dengiz va Kavkazga
o‘tganlar. Quruqlik yo‘llari dengizga nisbatan bexatar bo‘lishiga
qaramay, ularning osoyishtaligi davlatlararo munosabatlarga bog‘liq
edi. Biroq, ular katta xarajat talab qilgan. G‘arbda hind mollaridan
qalampir, zanjabil hamda xushbo‘y modda, dori-darmon, mushk-
anbar, lak va bo‘yoqqa talab katta bo‘lgan. Bundan tashqari, oziq-
ovqat mahsulotlari va zeb-ziynatlar ham xaridorgir bo‘lgan. Hindlar
boshqa o‘lkalarga tovus, to‘ti kabi antiqa qushlarni ham olib
borganlar. Fil suyagi va toshbaqa kosasidan yasalgan buyumlar
mashhur bo‘lgan. Hindiston po‘lati ham qadrlangan. Bu
mahsulotlarning bari oltin tangaga sotilar edi. Xullas, hindlarning
tashqi dunyo bilan yuritgan savdo-sotig‘i, asosan, Hindistonga foyda
keltirgan. Rim imperiyasi boyliklarining Hindistonga oqib kelishi Rim
uchun jiddiy iqtisodiy tanglik keltirib chiqargan. Pliniy aytishicha,
Sharqqa yiliga 100 mln. sestersiy miqdorida oltin yo‘llangan.
Pul muomalasi. Bu davrda tangalar zarb etilib, ulardan ba'zilari
bizga qadar yetib kelgan. Jumladan, oltin va kumush tangalar ko‘plab
ishlatilgan. Bu jarayon mamlakatda savdo keng ko‘lamda quloch
yoyganidan darak beradi. Kushon davlatida, ayniqsa, oltin tanga zarb
etishga katta e'tibor berilgan. Rim tangalaridan andoza olingan bu
tangalar og‘irligi 7,6 grammga teng sof oltindan yasalgan bo‘lib,
dinor, suvarn deb atalgan. Guptalar davrida tangalar og‘irligi 9,8
gramlargacha yetgan. Chandaraputi davri tangalari tarkibida oltin
miqdori avval 80 foizni tashkil etgan bo‘lsa, keyinroq 50 foizga
tushgan, so‘ngra undan ham kamayib ketgan. Oltin tangalarning eng
katta xazinasi Sharqiy Rojastondan topilgan bo‘lib, 2100 donaga teng.
Guptalar davrida pul muomalasi rivojlanganligi tufayli sudxo‘rlik ham
avj olgan. Shu davrga oid adabiyotlarda qarz olish tartibi va huquqiga
avvalgidan ko‘proq e'tibor berilgan. Sudxo‘rlarga nisbatan avvalgidan
ko‘ra kamroq cheklovlar berilgan. Yerni garovga qo‘yish tez-tez
uchraydigan holga aylangan.
219
Do'stlaringiz bilan baham: |