Chandragupta miloddan avvalgi 317 yildan keyin toju taxtga
ega bo‘ldi. Yustin, Strabon, Plutarx va boshqa yunon mualliflarining
asarlarida Chandraguptaning Makedoniyalik Iskandar lashkarboshisi
Selevk bilan o‘zaro aloqalari haqida aytiladi. Ularning o‘zaro
to‘qnashuvlaridan so‘ng tinchlik o‘rnatish maqsadida Selevk
Chandragupta saroyiga elchi Megasfenni yo‘llaydi. Ikki o‘rtada
tuzilgan sulhga binoan Chandragupta Selevkka 500 jangovar fil
taqdim etgan. Mauriylar ixtiyoriga esa Paropamisada, Araxosiya va
Gedrosiya (hozirgi Pokiston va Eron hududida) o‘tadi. Bu voqyea
Megasfenning «Indika» asarida o‘z aksini topgan. Bizga bu asarning
ayrim parchalarigina yetib kelgan. Antik mualliflardan Diodor
Chandraguptani «yunonlarni hurmat qilgan hukmdor» deb
tasvirlaydi. Chandragupta davlatining poytaxti Pataliputra bo‘lgan.
Uni antik mualliflar katta, go‘zal va hashamatli shahar deb
tasvirlaydilar.
Chandragupta Hindistonning eng mashhur shohlaridan bo‘lib,
turli afsonalar, rivoyatlar turkumi uning nomi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |