Miloddan avvalgi 326 yili iyul oyida Gidasp daryosi qirg‘og‘ida
bo‘lgan jang Iskandarnning Hindiston yurishi tarixida o‘chmas iz
qoldirdi. Hind shohlari qo‘shini nafaqat miqdor, balki mahorat bobida
ham ajralib turardi. Arrianning ma'lumot berishicha, hal qiluvchi
jangda 4000 suvoriy, 300 harbiy arava, 200 fil, 30000 ming piyoda
qo‘shin qatnashgan. Iskandar hiyla yo‘li bilan birinchi hamladayoq
Po‘rularning harbiy aravalarini tor-mor qildi. Porning asosiy kuchlari
bilan jang kun bo‘yi davom etdi va oqibatda Po‘rularning deyarli
butun harbiy qo‘shini qirib tashlandi. Po‘rular shohining jasorati
Iskandarni hayratga soldi va u hukmdor jonini saqlab, hokimiyatini
ham uning ixtiyorida qoldirdi.
Yunon-makedon qo‘shinlarining ayrim qismlari bir necha
yilgacha Hindistonda qolib ketdi. Ba'zi viloyatlarda ularning
hukmronligi oz muddat davom etdi. Miloddan avvalgi 317-yilda
Iskandarning noiblaridan Evmen boshchiligidagi qo‘shin Hindiston
hududini tark etdi. Hind tarixiy manbalariga qaraganda, Nandalar
kshatriylarni tugatib, taxt tepasiga kelgan shudralar avlodidan
hisoblanadi. Nandalar sulolasiga Maxapadma asos solgan. Brahman
manbalar bo‘lmish puronlarda Nandalar yomon fazilatli va pastkash
deb ta'riflanadi. Bu ta'rif antik mualliflar asarlarida ham saqlanib
qolgan. Tarixchi Plutarx so‘ziga binoan o‘sha davrda Pataliputra
1
The Cantino Planisphere,
http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/0/07/ Cantino Planisphere.png,
accessed 29 March 2011.
203
taxtida «zoti past hukmdor» o‘tirgan. Jayn asarlarida aytilishicha,
Nandalarning ko‘pchiligi jaynizm diniga e'tiqod qilganlar.
Bindusara va Chandragupta hukmronligi.
Bir qancha olimlar buddizm manbalari va
hind an'analarini o‘rganib chiqib,
Chandragupta Magadxa kshatriylari
sulolalaridan biri - mauriylarga mansub degan xulosaga keldilar.
Shoh yoshligida ustozi va maslahatchisi Kautilya (boshqa
manbalarda Chanakya) bilan uchrashgan. Magatxa taxtini o‘z qo‘liga
olish rejasini Taksilada tuzganligi haqida qaydlar mavjud. Qadimgi
manbalarda ko‘rsatilishicha, Chanakya Taksila brahmanining o‘g‘li
bo‘lgan.
Shri-Lanka yilnomasi orqali Chandragupta tahsil olishni tugallab,
Chanakya bilan birga qo‘shin to‘plagani bizga ma'lum. Ular turli
tumanlardan askar yollab, qisqa vaqt ichida katta qo‘shin to‘plaganlar.
Hind manbalarida aytilishicha, Chandraguptaning taxtni egallash
niyati amalga oshgach, u shoh Por bilan ittifoq tuzadi. Chandragupta
va Por birgalikdagi g‘alabadan so‘ng imperiyani bo‘lib olishga
kelishganliklari haqida ma'lumotlar saqlangan. U davrda Hindistonda
Iskandar qo‘shini kuchli mavqyega ega bo‘lgani sababli yunon-
makedoniyaliklarga qarshi kurashish amri mahol bo‘lgan. Vaziyat
qisqa fursatda o‘zgarib, Iskandar o‘z qo‘shini bilan mamlakat
hududini butkul tark etadi. Istilo qilingan yerlar esa satraplar hamda
hind hukmdorlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Keyingi voqyealar keskin tus oladi. Makedoniyaliklarga qarshi
kurash, satraplarning o‘zaro to‘qnashuvlari, Filippning o‘ldirilishi,
ularning vaqtincha Evdem va Ambxi hukmiga berilishi, va nihoyat,
Iskandarning vafoti siyosiy maydonda o‘z aksini topadi. Panjobdagi
vaziyat qo‘shini tobora kuchayib borayotgan Chandraguptaga qo‘l
keladi. Miloddan avvalgi 317 yilda Evdem Porni sirli ravishda
o‘ldiradi va uning jangovar fillarini olib, Hindistonni tark etadi.
Porning o‘limi bilan Hindiston qudratli hukmdordan judo bo‘ladi.
Qotillik Chandraguptaning ishtirokisiz yoki xohishisiz amalga
oshmaganligi ayon. Asosiy e'tibor endi bir qancha davlatlar ittifoqiga
tayangan holda, Magadxa taxtini egallashga qaratilgan edi.
Hindistonda yunonlarga qarshi kurash, asosan, Iskandar o‘limidan
keyin boshlandi.
Mauriylar imperiyasining
tashkil topishi.
204
Do'stlaringiz bilan baham: |