Miloddan avvalgi VII asrda Midiyada tom ma'noda davlat
emas, balki qabilalar ittifoqi mavjud bo‘lgan, xolos. Bu ittifoqda oliy
hukmdor bilan birga unga tobe boshqa hukmdorlar (aslida qabila
boshliqlari) ham bo‘lganligi tilga olingan.
Miloddan avvalgi IX - VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida
urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va sinfiy
ajralish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘ ichidan zodagonlar ajralib
chiqib, boshqa tomondan esa dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning
rivojlanishi bilan qulchilik paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII
asrlardagi ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam
ravishda muhofaza qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutadigan
bo‘lib bordi. Bu hol midiyaliklarning qabila ittifoqiga birlashib,
Midiyada quldorlik davlatining tashkil topishini tezlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |