Tayanch iboralar: Axriman, Axuramazda, Xvakshatra (Kiaksar),
Fravartish (Fravart), maday qabilalari, “taqvodor hakam”, Deyoko,
Xagmatana, Vedevdat, nomadlar, Ekbatana, Suza I, Suza II, adda,
singilning o‘g‘li, merosxo‘r avlod, buyuk vakil., kassitlar, Gudea.
G‘arbiy Eron viloyatlarining ahvoliga oid ma'lumotlar
bilan miloddan avvalgi IX asrga mansub mixxat yozuvi
manbalaridan tanishish mumkin. Ularda Ossuriya
shohlarining Sharqqa yurishlari haqida aytiladi. Ossuriyaliklarning
Eronga asosiy yurishi miloddan avvalgi IX asrda boshlangan. Ular
avvaliga yaqin viloyatlarga hujum qilganlar, Mazamuadan nariga
o‘tmaganlar (Mazamua lulubeylar mamlakati edi) Janubiy-Sharqdagi
Urmiya ko‘li yaqinidagi hudud “shoh”lar yoki “rahbarlar”
tomonidan boshqarilgan (shunga o‘xshash boshqarish usuli Zagros
tog‘ viloyatlarida mavjud bo‘lgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |