ming yillikning birinchi yarmida mavjud edi. Karfagen finikiyaliklar
tomonidan miloddan avvalgi 825-823-yillarda bunyod etilgan.
Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Karfagen O‘rta yer
dengizining g‘arbiy qismidagi Finikiya mustamlakalarini o‘z atrofida
birlashtirib, yirik va qudratli quldorlik davlatini tashkil etgan. G‘arbda
Finikiya savdosining eng uzoq tayanch nuqtalari - g‘arbiy Afrika
sohilidagi qishloqlar: Tingiz (Tanja, Tanjer), Selis (Azila) va
boshqalar bor edi. Undan janubda, keyingi rivoyatlarga ko‘ra, tirliklar
asos solgan va 30 kunlik yo‘lda 300 ta Finikiya qishlog‘i joylashgan.
Finikiyaning dengiz orqali savdosi va mustamlakachiligining keng
quloch yoyganligi to‘g‘risida “Karfagenlik Gonnon Peripl” aniq va
batafsil ma'lumot beradi. Bu ma'lumot Karfagendagi El tangrisi
ibodatxonasidagi hujjatdan olingan. “Peripl” matni miloddan avvalgi
VI asrga oid bo‘lib, unda sayohatga chiqish haqidagi buyruq
keltiriladi va Gonnonning Afrika atrofidagi sayohati ta'riflanadi. Bu
ta'rifga ko‘ra, Gonnon okeanga Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi)
orqali chiqqan. Uning floti har biri 50 eshkakli 60 ta kemadan iborat
bo‘lib, unda 30 ming erkak va ayol xizmat qilgan. Finikiyaning bu
ulkan ekspeditsiyasi oqibatida g‘arbiy Afrika qirg‘oqlari o‘rganilgan,
va u yerda yangi shahar va ibodatxonalar barpo qilingan. Finikiyada
dengizchilik taraqqiy etganini Misr fir'avni Nexo II ning buyrug‘i
bilan Finikiya dengizchilarining Afrikaga qilgan sayohatidan ham
bilish mumkin. Finikiyaliklarning Pireney yarim orolining g‘arbiy
qirg‘og‘i bo‘ylab shimolga suzib borganliklari to‘g‘risida ma'lumot
saqlanib qolgan. Lekin ular to‘la tasdiqlangan emas. Finikiyaliklar
dengiz yo‘li bilan Britaniyadan qalay va qahrabo
1
ham keltirganlar.
Finikiyaliklar Sharqdagi mamlakatlarga ham yetib borganlar. Tir
bozorlarida Armanistondan keltirilgan mollar sotilgan. Ular
Mesopotamiyada Frot daryosi bo‘yida Eddona shahrini barpo
qiladilar. Suriya bilan Falastin Finikiyani xom ashyo, turli buyumlar,
shuningdek, ishchi kuchi bilan ta'minlab turgan. Arabistondan esa
ziravorlar keltirilgan. Shunday qilib, Finikiya savdosi va
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
157
mustamlakachiligi miloddan avvalgi XVI-XII, ayniqsa, X-IX
Do'stlaringiz bilan baham: |