miloddan avvalgi X-IX asrlarga kelib ravnaq topdi. Bu vaqtda Misr
bilan Ossuriya inqirozni boshidan kechirib, Finikiyaning savdo
shaharlariga tahdid qilishga qurbi yetmay qoldi. Bibl bilan birga
boshqa yirik savdo shaharlari - Sidon va Tir maydonga chiqdi. Sidon
Finikiyaning eng qadim savdo markazlaridan biri bo‘lgan. Shu tufayli
isroilliklar va qadimgi yunonlar finikiyaliklarni sidonliklar deb
ataganlar.
Keyinchalik tashkil topgan Tir-Sidon saltanati podshosi, odatda,
Sidon podshosi unvonini olgan. Nihoyat, Finikiyaning eng katta
ibodatxonasi - Astarta Sidonda joylashgan. Bu ibodatxonaning
mavqyei butun Finikiyada Yuqori bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, Tir
yirik savdo va siyosiy markaz sifatida maydonga chiqadi. Tir podshosi
Do'stlaringiz bilan baham: |