Miloddan avvalgi III ming yillik oxiri-II
ming yillik boshlarida Finikiyada bir necha
mayda shahar-davlatlar mavjud bo‘lgan. Ular
orasida davlatning bosh shaharlari Ugarit hamda Bibl dengiz sohilida
joylashgan. Ras - Shamradan topilgan yozuvlarda jo‘g‘rofiy nomlar,
jumladan O‘rta Suriya, Finikiya va Falastin shaharlari nomi tilga
olinadi. Bunga ko‘ra, Ugarit ham iqtisodiy, ham madaniy-siyosiy
jihatdan bu mamlakatlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan, deb aytish
mumkin. Bundan tashqari, Ugarit Egey dengizidagi Krit, Kipr, Rodos
orol aholisi bilan, shuningdek, Misr bilan qizg‘in savdo olib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |