avvalgi 854-yili) Salmanasar III Suriya va Finikiya, shuningdek,
Falastinni o‘z ittifoqchilariga aylantirib, hatto arab qabilalari bu
ittifoqqa qo‘shilgan Damashq kuchlarini yenga olmadi. Faqat
miloddan avvalgi 840-yili o‘n olti harbiy yurishdan so‘ng, Ossuriya
hukmdori g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Isroil, Tir, Sidon
unga bo‘ysunib, xiroj to‘lay boshladilar. Ossuriya Urartu shimolidagi
qabilalar bilan ham qattiq kurash olib borishga majbur bo‘lgan. Ossur
askarlari garchi Urartu tuprog‘iga bostirib kirgan bo‘lishlariga
qaramay, Urartu davlatini mag‘lub eta olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |