Sargon II (miloddan avvalgi 722-705 yili) “qonuniy shoh-
Sharruken” deb nom olgan hokimiyat tepasiga zo‘rlik bilan
kelganligini ko‘rsatadi. Misr yordamida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarini
bostirish uchun Sargon II Suriyaga yana qo‘shin tortib borishga
majbur bo‘ladi. Bu urush natijasida Sargon II Isroilni tor-mor keltirib,
Samariyani ishg‘ol qiladi va 25 ming kishini asir oladi.
Sargon II hukmdorligining 7 va 8 yillarida Urartu ustidan yirik
g‘alaba qozondi. Elam mamlakati qo‘llab - quvvatlagan Bobilga
qarshi kurash Sargon II uchun o‘ta mashaqqatli kechdi. Shoh Urartu
ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, lidiyaliklar bilan eronliklar
yashaydigan o‘lkalarda o‘z ta'sirini kuchaytirish imkoniga ega bo‘ldi.
Sargon II yangi poytaxt - Dur - Sharrukin shahri
2
ni barpo qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |