avvalgi II - I ming yilliklarda Bobil Ikkidaryo oralig‘ining madaniy,
siyosiy hamda iqtisodiy markaziga aylandi.
Urukagina podsholigining yettinchi yilida Umma hokimi Lugal -
Zagisi Lagashga bostirib kirib, shaharni vayron qildi. Lugal - Zagisi
Lagash bilan cheklanmay, o‘ziga butun Shumer va Aqqodni
bo‘ysundirishni maqsad qilgan edi. Yozuvlarda aytilishicha, u Uruk,
Ur, Larsa va Adabni bosib olgan. Shumerning diniy markazi - Nippur
ham Lugal - Zagisi qo‘l ostida qoldi. U o‘zini Uruk va Urning
podshosi hamda bu shaharlarni Shumerning poytaxtlari deb e'lon qildi.
Yozuvlarda Lugal - Zagisi “Urukni yashnatib yuborganligi, Urni
Do'stlaringiz bilan baham: |