Manefon (miloddan avvalgi IV - III asrlarda yashagan) alohida
o‘rin tutadi. Manefon Misrning birinchi ruhoniy kohini bo‘lib,
Ptolomey 1, Soter va Ptolomey II Filadelf podsholigi davrida yashab
o‘tgan.
XVIII asrning o‘rtalarida Pokok, Norden va Bryus kabi Yevropa
olimlari Misrga yo‘l olib, Fiva vodiysidagi qadimiy ehromlar,
podsholar qabrlari haqida yozib qoldirishgan
1
. Biroq G‘arbiy Yevropa
ilmiy doiralari birinchi marta, Misr madaniyati bilan 1798-yilda
Napoleon Bonapartning Misrga ekspeditsiyasi tufayli ozmi - ko‘pmi
yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishgan.
Napoleon Bonapart ekspeditsiyasi tarkibida turli olimlar,
arxeologlar bor edi. Ushbu ekspeditsiyaning ilmiy natijasi sifatida
Misr tarixiga bag‘ishlangan 24 tomdan iborat bo‘lgan qadimgi
ibodatxona vayronalari, ayrim manbalar (tosh, suyak, yog‘och va h.k.)
ustiga bitilgan yozuvlar nusxasini o‘zida aks ettirgan rasmlar,
jadvallar, qadimgi Misr yodgorliklari nashr etilgan. Fransua
Do'stlaringiz bilan baham: |