Misrning har bir fuqarosi o‘z mablag‘lari haqida har yili viloyat boshlig‘iga hisobot berishga majbur bo‘lgan; buni qilmagan yoki qonuniy yo‘l bilan topilgan mablag‘ hisobiga yashayotganini isbot qila olmagan shaxsga o‘lim jazosi berilgan.” Shuningdek, Gerodot
grek islohatchisi Solon misrliklarning ushbu qonunini ko‘chirib olgani
va “Misr (shu vaqtda) g‘oyat farovon yashaganligini” ko‘rsatib
o‘tadi. XX va XXI sulolalar zamonida liviyaliklar Misrga ko‘plab
ko‘chib kela boshladilar. Liviya zodagonlaridan ba'zilari Misrda katta
harbiy va kohinlik mansablarini egallaganlar. Harbiy qo‘mondon va
Gerakleopoldagi Xershefn xudoning bosh ruhoniysi bo‘lgan liviyalik
shaxsga tegishli yozuvlarda uning o‘n besh avlodi shu yerda yashab
o‘tganligi aytiladi. Bu yodgorliklardagi yozuvga ko‘ra uning ajdodi