Adabiyot va teatr. Rim va Italiyada badiiy adabiyot miloddan avvalgi
III asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Miloddan avvalgi
taxminan 240 yilda tarentlik asir yunon Andronik (qullikdan ozod
bo‘lgandan keyin Mark Liviy Andronik nomi bilan Rim fuqaroligi
huquqini olgan) “Odisseya” va boshqa bir necha yunon tragediyalarini
lotin tiliga tarjima qilgan. Italiya va Rimda satira va komediya she'riy
ijodiyotning eng o‘ziga xos shakli bo‘lgan. Qadimgi italiy adabiy
ijodining bu turlari qishloq bayramlarida qo‘shiq va she'rlar asosida
yaralgan. Satira degan nom satura, ya'ni “aralash ovqat” so‘zidan
olingan. Dastlab bu turdagi she'rlarni Enniy yaratgan, ammo “satira”
iborasini birinchi bo‘lib o‘z zamoni Rim nobillarining illatlarini o‘z
she'rlarida shafqatsiz fosh qilgan shoir Lutsiliy (miloddan avvalgi 180
-100 yillar) qo‘llagan. Dastlabki Rim komediyalari yunon
namunalariga taqliddan iborat bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asr oxiri
Do'stlaringiz bilan baham: |