Miloddan avvalgi 2007-yilda so‘nggi Ur podshohi Ibi-sin Mari
elamliklarga yengilib, asir tushadi va shu bilan Ur podsholigi tugaydi.
Biroq Ur hukmronligi Old Osiyo xalqlariga har tomonlama ta'sir
ko‘rsatdi. Yuksak taraqqiy etgan Shumer va Aqqod madaniyati bu
xalqlarning madaniy rivojiga xizmat qildi.
Bobil Mesopotamiyaning o‘rtasida - Dajla va Frot daryolari
oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Kichik Osiyo va Kavkazortidan Fors
qo‘ltig‘iga va Suriya qirg‘oqlaridan Eronning yassi tog‘lig‘iga
o‘tadigan muhim savdo yo‘llari tutashgan yerda joylashgan. Bobil
g‘oyat qudratli davlat poytaxti bo‘lib, Old Osiyoning eng katta savdo,
siyosiy va madaniy markaziga aylangan. Bobil deyarli ikki ming yil
davomida o‘zining bu ahamiyatini saqlab qolgan. Bobilning qulay
jo‘g‘rofiy joylashishi ham uning shunday mavqyega ega bo‘lishiga
xizmat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |