milodiy 1 asrda Falastinda iudaizmning mazhablaridan biriga asos solgan va uning
iudaizmdan farq kiladigan diniy ta’limotning shakllanishiga sabab bo’lgan shaxs
yashaganligini inkor etmaydi.
Тalabalarning diqqatini iudaizmning mazhablaridan biri sifatida vujudga kelgan
xristianlik uzoq davom etgan izlanishlar jarayonida mustaqil diniy ta’limotga
aylanganligiga qaratishimiz kerak. Iso Masih iudaizmda mavjud kamchiliklarni tanqid
qilap ekan, yangi dinga asos solishni maqsad qilib qo’ymagan. U iudaizmdagi
jaholat, butparastlikni kuchaytiruvchi jihatlarni o’zgartirishga, haddan ortiq
marosimchilikka chek qo’yishga va shu yul bilan uni takomillashtirishga harakat
qilgan. Yahudiy kohinlari Isoning takliflarini ral etganlar va Isoni kuch ishlatib o’z
g’oyalaridan voz kechishga majbur qilmoqchi bo’lganlar. Lekin bunday harakatlar
zoye ketgan va kurashuvchi taraflar o’rtasidagi ixtiloflar tobora kengayib borgan. Iso
iudaizmdan tobora yiroqlashgan va uning g’oyalari yangi diniy ta’limotga asos
qilib olingan.
Manbalarda qayd qilinishiga ko’ra, Iso dastlab diniy qarashlarini Falastinning
Kapernaum shahri atrofida joylashgan qirliklarda targ’ib qilishdan boshlagan
(«Nagornaya propoved»). Isoning havariylarga qarata so’zlagan nutqlarida iudaizmga
zid g’oyalar aniq namoyon bo’ladi. Ularda Iso o’zining qarashlarini «Eski Ahd»da
yozilgan g’oyalar bilan munozara usulida bayon qilgan. Aytilganki, «zino qilma»,
men aytamanki, kimda-kim ojizalarga shahvoniy niyatda qarasa, u bilan qalbida zinoga
yo’l qo’yadi. Aytilganki, «jonga-jon, qonga-qon», men aytamanki, «kimki sizning chap
yuzingizga bir shapaloq ursa, siz unga o’ng yuzingizni tuting», «zulmga zulm bilan
javob bermang», «dushmanlaringizga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’ling va
hokazo.
21
Shunday qilib, Iso ta’limoti vujudga kelgan vaqtdan boshlab, iudaizm qadriyatlari
qabul qilinmagan. Хudoning mohiyati muhabbat ekanligi va odamlarga yomonlik
qilmasligi, uning oldida odamlarning tengligi, insonga mehr-muhab6at ko’rsatish
va ulug’lash, ahloqiy qadriyatlarning ahamiyati kabi g’oyalar yangi dinning turli
xalqlar orasida keng yoyilishiga sabab bo’lgan.
2. Тalabalarga xristianlik ta’limotining shakllanishida ilohiyot sohasidagi
izlanishlar bilan birga ijtimoiy fikr, o’sha davrdagi falsafiy ta’limotlar va
21
Свенцицкая И.С. Раннее христианство: страницы истории. М., 1988. - С. 68-69.
42
mutafakkirlarning g’oyalari ham muhim manba vazifasini o’taganligini ta’kidlab
o’tish maqsadga muvoffiqdir.
Rim davlatining inqirozi natijasida, odamlarning jaholat girdobiga botib qolgan
jamiyatga va ertangi kunga ishonchi yo’qolgan. Rasmiy din odamlar orasida tabora o’z
mavqeini yuqotib borgan. Odamlar orasida qismatga, taqdiri azalga ishonish keng
yoyilgan. Ilohiy haloskor to’g’risidagi g’oya paydo bo’lgan. Qismatga, taqdiri azalga
ishonish o’sha davrdagi falsafiy maktablar ta’limotida va mutafakkirlarning qarashlarida
ham dolzarb mavzuga aylangan.
Milodiy I asrda Qadimgi Rimda keng yoyilgan stoiklar (grekcha stoa — bino oldidagi
ustunli uzun ayvon degan ma’noni anglatadi, maktab asoschisi Zenon yashagai Afina
shahri ibodatxonasi tarhidan olingan atama) falsafiy maktabning ta’limoti diqqatga
sazovordir. Stoiklar talqinida dunyo bir butun, yaxlit voqelik bo’lib, undagi voqea va
hodisalar umumiy tartibga bo’ysunadi. Dunyoning birligi uni vujudga keltirgan va
boshqarib turadigan ilohiy Logos (xudo) faoliyatining natijasidir. Ilohiy Logos
borliqdagi jarayonlarni boshqarish bilan birga uning, shu jumladan odamlarning ham
taqdirini oldindan belgilaydi.
Stoiklarning taqdiri azal to’g’risidagi ta’limoti Senekaning qarashlarida ham
mukammal bayon qilingan. Uning fikriga ko’ra, borliq moddiy va ruhiy dunyolarga
bo’linadi. Moddiy dunyo ruhiy dunyoga bo’ysunadi va mustaqil faoliyatga qodir emas.
Undagi tartib va mukammallik olamiy aql, yani xudo faoliyatining mahsulidir. Хudo
barcha narsa va voqealarning sababchisi, taqdirni belgilovchi oliy borliqdir. Тabiat
voqeliklarida ruh mavjud. Voqeliklarda mujassamlangan ruh xudo ruhining bir
zarrasini tashkil etadi. Тirik mavjudotlarda joylashgan pyhlap o’z
QOBIG
’
INI
tark etib,
«ozodlikka chiqishga» va mutlaq ruhga qo’shilishga intiladi. Diniy rivoyatlardan
ma’lumki, ruhning tanani tark etishi «tabiiy» hodisadir, shunday ekan, odamlar hayotga va
o’limga bir xilda munosabatda bo’lishlari kerak.
Har bir odamda ilohiy ruhning bir zarrasi mavjudligi, ularning ruhan tengligini
bildiradi. Ular o’rtasidagi tengsizlik jamiyatga xos voqelikdir. Qul pok vijdoli,
insonparvarligi, do’stlarga sadoqati, jasurligi kabi ma’naviy fazilatlari bilan xo’jayinidan
ustun turishi mumkin. Qullik kishining jismoniy holatidir.
Seneka borliqni ilohiy dunyo va odamlar dunyosiga bo’ladi. Ular bir-birlari bilan
bog’likdir. Ikki dunyo o’rtasidagi aloqachi vazifasini avliyosifat kishilar jamoasi
bajaradi. Jamoa a’zolarining diniy va dunyoviy hokimiyatga itoatkorligi, zulmga
qarshilik ko’rsatmasligi, jismiylikdan ruhiy yetuklikni ustun qo’yuvchi, stoiklar
ta’limotini yaxshi biladigan va ularga so’zsiz amal qiladigan kishilar orasidan tanlab
olinishi tavsiya etiladi. Seneka targ’ib qilgan kishilardagi fazilatlar xristianlikning
ma’naviy qadriyatlariga mos keladi.
Seneka davlatlarni ikki turga bo’lali:
1. xudo va odamlarning hamkorligiga asoslanuvchi, hududi yerning muayyan bir
bo’lagi bilan cheklanmaydigan katta davlat;
2. hududi makonda cheklangan kichik davlat. Odamlar ikkala davlatga ham
xizmat qilishlari mumkin, lekin bu dunyoda xalqlarni birlashtiruvchi ilohiy
davlatni tanlagan odam yutkazmaydi.
43
Shu tariqa kishilar ongiga kosmopolitizm (grekcha kosmopolites - yer shari
fuqarosi degan ma’noni anglatali) singdiriladi. Bu ta’limot oxiratda yer yuzidagi barcha
odamlarni birlashtiruvchi ilohiy podsholikni qurish g’oyasiga asoslanadi.
Seneka ta’limotidagi moddiy dunyo lazzatlarining o’tkinchiligi, odamlarga hamdardlik,
kamtarona yashash, o’zini xudoga baxshida etish kabi g’oyalar xristianlik ta’limotida
yanada rivojlantirilgan.
Хristianlik ta’limotining shakllanishida Aleksandriyalik Filon (miloddan avvalgi 20
- milodiy 54 yillar) qarashlari alohida ahamiyatga ega. Filon diniy qarashlarda
ustuvorlik qilib kelgan xudoni «mavhum, shaxsi nomalum ibtido» deb ta’riflashga
keskin qarish chirqan. Uning fikricha, agar xudo mutlaq ibtido bo’lsa, shaxsiyatsiz
mavjud bo’la olmaydi, chunki uning shaxsiyati bo’lmasa, undan oldin yana nimadir
bo’lishi kerak. Хudo nafaqat qiyofaga ega, balki ezgulik, go’zallik va donolik
timsolidir.
Borliq xudo irodasi va faoliyatining mahsulidir. Dunyo ko’rinmas (ilohiy) va
ko’rinadigan (moddiy) qismlarga bo’linadi. Хudo moddiy dunyodan tashqarida
mavjuddir. Moddiy dunyodagi barcha narsa va hodisalar, jumladan odamlarni ham xudo
yaratgan. Ular xudo faoliyatining mahsulidir. Хudo odamlarning bilishi va unga
ergashishi zarurligini bildirish uchun o’z o’g’lini yer yuziga vakil qilib yuborgan.
Filon odamlarga xos bo’lgan illatlar - maishiy buzuqlik, o’zgalarga befarqlik,
mehrsizlik, mansabparastlik, boylikka hirs qo’yish kabilarni qoralagan, odamlarning
xudo oldida tengligini e’tirof etgan. Uning ijtimoiy qarashlari xristianlik ta’limotining
shakllanishida juda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
II-III asrda xristianlik tarixida apologetika yoki apologetlar davri vujudga keladi.
Apologetika so’zining lug’aviy ma’nosi himoya qiluvchi demakdir, ya’ni xristian dini
aqidalarini turli xujumlardan himoya qilishdir. Apologetlar davlatning xristianlik dini
bilan murosa qilishiga erishmoqchi bo’lganlar.
Хristianlik ta’limotining ilohiy manbalari muqaddas bitiklar va muqaddas
rivoyatlarga bo’lib o’rganiladi. Diniy rivoyatlarga ko’ra, xudo muqaddas bitiklar
(yozuvlar)ni odamlarga ularning ijtimoiy-madaniy jihatdan tayyorligi darajasiga qarab,
uzoq vaqt davomida vahiy qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |