Fanning asosiy maqsadi nima?
Davlat ish qog`ozlarini yuritish
Ona tilini o`rgatish
Grammatik qoidalarni o`rgatish
Savodxonlikka erishish
Ish yuritishning asosini nima tashkil etadi?
Hujjatlar
Qog`ozlar
Grammatik qoidalar
savodxonlik
Eng qadimgi ish qog`ozlari qachon tashkil etilgan?
Mill.avv.2012-2094
Mill.avv.1792-1750
1800-1812
1915-2000
O`rta Osiyoda ish yuritish qog`ozlari qachon boshlangan?
X asr
XI asr
XII asr
XIII asr
“Yorliq” so`zi qanday hujjat nomini bildirgan?
Farmon
Noma
Bitim
Arznoma
“Farmon”so`zi qanday hujjat nomini bildirgan?
Buyruq
Arznoma
Vasiqa
Bildirish
O`zbek tiliga davlat maqomi qachon berilgan?
1989 yil 21-oktyabr
1991 yil 1-sentyabr
1992 yil 2-mart
1994 yil 29-avgust
Davlat tiliga asosan qaysi sana to`g`ri yozilgan?
2022- yilning 22-yanvari
22 yanvar 2022 yil
2022 yil yanvarning 22 si
Yanvarning 22 kuni 2022-yilda
Davlat ish yuritish hujjatlariga ko`p ta`sir ko`rsatgan til qaysi?
Rus tili
Ingliz tili
Arab tili
Tojik tili
Qadimda ish yuritish hujjatlari bilan shug`ullanuvchi kishini qanday ataganlar??
Munshiy yoki Mirzo
Xattot
Mirshab
Mutavakkil
Spravka hujjati hozir qanday nomlanadi?
Ma`lumotnoma
Bildirishnoma
Yo`riqnoma
Ariza
Akt hujjati hozir qanday ataladi?
Dalolatnoma
Noma
Ariza
Yo`riqnoma
Hujjatlardan “Raport “ qaysi o`zbek hujjatiga to`g`ri keladi?
Bildirishnoma
Ma`lumotnoma
Yo`riqnoma
Ariza
Hujjatlarga xos asosiy talab nimadan iborat ?
Aniqlik,Ixchamlik, mazmuniy to`liqlik
Chiroyli yozuv,dalillik
Badiiy til ifodasi
Iboralardan foydalanish
“Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko’pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo’shligidir, ular tashkilot, korxona va muassasalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo’riqlari, usullari va yo’llari majmuini etarli darajada bilmaydilar . Hujjatlarga munosabatda bo’linmaydi, unga shunchaki bir qog’ozbozlik, nokerak va ortiqcha bir ish sifatida qaraydigan odamlar bor deb, korxona hujjatlaridan xabari bo'lmagan odamni qoralagan hujjatshunos kim?
A.S.Golovach
N.N.Mahmudov
A.A.Rafiyev
I.B.Yo'ldoshev
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shox Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094yillar)ning qonunlari[1] va boshqa manbalarning mavjudligi qanday nomlangan?
Hujjatlar
Qonunlar
Yozuvlar
Harflar
Hujjatlar nomi bilan mashhur ilk qonunlar, hujjatlar majmui kimlar tomonidan yaratilgan?
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shox Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094yillar)
“Avesto”
Xammurapi (Misr)
Tog’ri javob berilmagan
Qaysi nutq uslubi ilm-fan sohasida qo`llaniladi?
Ilmiy
Publisistik
Rasmiy
Badiiy
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi?
rasmiy
lmiy
publisistik
badiiy
Zamonaviy sharoitda EHMlar raqamsiz axborotlari (matnli va grafiklar) qayta ishlashda qo’llanilmoqda va “hisoblash texnikasi” termini, kompyuter yordamida qanday masalalar yechiladi?
Jamiyat uchun xizmat qiluvchi elektron axborot manbai yartiladi, qayta ishlanadi hamda yetkazib beriladi.
Komyuterda matn tahriri o’rganiladi
Televizor o’rnini bosa olgan zamonaviy texnologiya
Maxfiy hujjatlarni asrash manbai sifatida qo’llanadi
Ichki hujjatlar deb qanday nomalanadi?
Tashkilotning o’zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlarga aytiladi
Tashkilotga keladiga hujjatlarga aytiladi
Prezident qaror va farmoyishlarga aytiladi
Oliy majlis, boshqaruv organlari tomonidan tuzilgan hujjatlarga aytiladi
Hujjatlar matniga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikka qo'yiladigan talabni izohlang?
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo’ndalik, mazmuniy to’liqlik kabi talablarga javob berishi kerak.
Hujjat bosma qog’ozda tayyorlanishi kerak
Hujjat tarkibida rasmiy uslubga xos ish hujjatalri bo’lishi kerak
Hujjat kompyuterda tahrirlangan bo’lishi kerak
Shaxslarning ishga oid faoliyatini rasmiylashtirib boruvchi rasmiy hujjat nomini ko'rsating?
Mehnat daftarchasi
Pension daftarchasi
Shaxsiy varaqasi
Pasporti
Arizaning zaruriy qismlaridan birinchisini belgilang?
Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
Ariza nomi
Ariza maqsadi yoziladigan qismi
Imzo va familiyasi
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar qancha muddatda saqlanadi.
40
30
20
10
Axborot bildirishnomasi haqida berilgan to'g'ri fikrni belgilang?
Umumiy holati rahbarga ma'lum muayyan jarayon haqidagi xabar
Shaxsning faoliyati va tavsifi berilgan matn
So’ralgan joyga berilgan ariza
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat
Majlis bayoni yozib olinishiga ko’ra qanday turlarga bo'linadi?
qisqa, to’liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo’ladi.
Qisqa va to’liq
stenografik, fonografik
Konspektiv va individual
Biror kishiga oid maʼlumotlar, uning sifatlari qayd etilgan hujjat, yozma tavsif qanday nomlanadi?
tavsifnoma
ariza
tarjimai hol
dalolatnoma
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo`lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat qanday nomalanadi?
tavsifiy-tavsifnoma
ariza
tarjimai hol
shaxsiy varaqa
Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Bunda ishonchli vakil faqat o’ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi va, agar ishonchnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan bo’lsa, o’zi vakil qilingan harakatlarni shaxsan amalga oshirishi kerak. Fuqarolik kodeksi nechanchi moddasida berilgan?
Fuqarolik kodeksi (FK)ning 134-moddasida
Fuqarolik kodeksi (FK)ning 124-moddasida
Fuqarolik kodeksi (FK)ning 114-moddasida
Fuqarolik kodeksi (FK)ning 144-moddasida
Oʻzbekiston Respublikasi FKning tegishli moddasida quyidagi fuqarolik holati hujjatlari davlat tomonidan qayd etilishi kerakligi koʻrsatilgan:
1. tugʻilish; 2. oʻlim;3. nikoh tuzilganligi;4. nikohdan ajralish.
1.ariza; 2.tarjimai hol; 3.tavsifnoma; 4.tavsifiy-tavsifnoma.
1.dalolatnoma; 2. arizalar; 3.tavsifnoma; 4.bildirishnoma
1.taqriz; 2.ariza; 3.nikohdan ajratish; 4.bildirishnoma
....biror shaxs yoki tashkilotdan boshqa bir shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda ularni qachon, qancha miqdorda, qancha muddatga olganligi va qaytarish muddatlarini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatdir. Nuqtalar o'rnini to'ldiring?
Tilxat
Tavsifnoma
Dalolatnoma
Tarjimai hol
Xizmat xatlarining javob talab qilmaydigan xatlarga nimalar kiradi.
tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat
bildirish xati, so’rov xati, dalolat xatlari.
davo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar
so’rovnoma, bildirgi, tarjimai hol,dalolatnoma
Xizmat xatlarining javob talab qiluvchi xatlariga nimalar kiradi?
davo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar
tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat
bildirish xati, so’rov xati, dalolat xatlari.
so’rovnoma, bildirgi, tarjimai hol,dalolatnoma
Telegrammaga berilgan noto'g'ri fikrni toping?
Telegrammada bir satrdan ikkinchi satrga bo’g’in ko'chiriladi
Xatboshisiz barcha qatorlar to’ldirib yoziladi. Kunlar va raqamlarni so’z (harflar) bilan yozish tavsiya etiladi.
Bir necha raqamdan iborat bo’lgan murakkab sonlarni o'zicha yozish mumkin.
Harfni bayon qilishda ixcham so’zlarni tanlash, qiskartmalardan unumli foydalanish lozim.
Hozirgi paytda ko’plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga topshirayotgan shaxslardan Tarjimai hol yuborishlarini talab qilishadi. Tarjimai hol o’zi nima degani?
Tarjimai hol fransuzcha “rezumye” so’zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi.
Tarjimai hol inglizcha “rezume” so’zidan olingan bo’lib,bildirishnoma degani
Tarjimai hol ruscha “avtobiografiya” so’zidan olingan bo’lib, tarjimai hol degani
Tarjimai hol arabcha “Tarjima” so’zidan olingan bo’lib “o’girmoq degani”
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to’g’ri va qisqa ,matndagi so’zlarning soni.... dan ortmasligi kerak
50
40
30
20
Ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hoi, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlar qanday hujjatlar turkumiga kiradi?
Mа’lumоt ахbоrоt hujjаtlаrigа
Tashqi hujjat turlariga
Xalqaro ish hujjat turlariga
Fuqoralik holatlari hujatlariga
Bo‘lim xodimlari vakolati doirasida yuklatilgan vazifalarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, amaldagi qonunchilik, korxona Ustavi, ichki tartib qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qonunchilikda bеlgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Kadrlar bo'limi nizomining nechanchi va qaysi bo'limi haqida gap ketmoqda?
V-bo'lim: Javobgarlik
I-bo’lim:asosiy qoidalar
II-bo’lim: vazifalar
III-bo’lim: yakuniy
Nutqiy faoliyat necha xil ko'rinishga ega?
3xil
5xil
4 xil
2 xil
Nutq necha xil shaklga ega?
2xil
3 xil
5 xil
4 xil
Rasmiy uslubda qanday matnlar tuziladi?
qarorlar, qonunlar, idora hujjatlari
Qarorlar, ,dostonlar
Hujjatlar, ish yuritish qog'ozlari
E'lonlar, she'rlar, romanlar.
Nutqning asosiy xususiyatlari qaysi javobda to'g'ri berilgan?
Hammasi to'g'ri
Nutqning aniqligi
Nutqning tozaligi
Nutqning to'g'riligi
Hujjatshunoslik an’anaga ko’ra ish yuritish qanday nomlanagan?
Munshoot
Matbuot
Maktubot
Targ’ibot
Muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar qanday nomlanadi?
Tashqi hujjat
Ichki hujjat
Xalqaro hujjat
Yuridik hujjat
Sodda hujjatlar deb nimaga aytiladi?
Aynan bir masalani o’z ichiga oladi
Ikki yoki undan ortiq masala yoritiladi
Qaror va nizomlarni o’z ichiga oladi
Fuqarolik holatlarini o’z ichiga oladi
Ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga olgan hujjatlar qanday hujjatlar deyiladi?
Murakkab
Qo’shma
Sodda
Aralash
Oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladigan hujjatlar qanday hujjat deb nomlanadi?
Qolipli
Xususiy
Murakkab
Individual
Qolipli hujjatlar sirasigakiruvchi hujjatlarni ko’rsating?,
barchasi
ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar
barcha turdagi dalolatnomalar
xizmat safarlari guvohnomalar
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra xizmat va shaxsiy hujjatlarga bo’linadi. Xizmat hujjatlari yana qanday nomlanadi?
Rasmiy hujjatlar
Shaxsiy hujjat
Kommunikativ hujjat
Individual hujjat
Yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladigan hujjatni ko’rsating?
Shaxsiy hujjat
Rasmiy hujjatlar
Kommunikativ hujjat
Individual hujjat
Shaxsiy hujjatga to’gri ta’rif berilganq atorni aniqlang?
Yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi
Tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo’ladi
Xalqaro toifadagi barcha hujjatlarni o’z ichiga oladi
Tashkilot tomonidan ish faoliyatini belgilab beruvchi normativ hujjatlar
Yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladigan hujjatlarni ko’rsating?
Ariza,shikoyat xati
Dalolatnoma
Nikoh xati
Tug’ilish haqidagi guvohnoma
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyatiga ko’ra, taqdim etiladigan hujjatning ikkinchi nusxasi qanday nomlanadi?
Dublikat
Sertifikat
Ma’lumotnoma
Rekvizit
Qoralama hujjatiga berilgan noto’g’ri fikrni ko’rsating?
Huquqiy kuchga ega
Dastlabki yaratilgan har qanday hujjat
bu hujjat muallifining ya’ni tayyorlovchining qo’lyozma nusxasidir.
bu hujjat muallifining ya’ni tayyorlovchining dastlabki mashinkalangan nusxasidir
Ijtimoiy hayotda eng ko’p qo’llanadigan va keng tarqalgan ish qog’ozi?
Ariza
Ma’lumotnoma
Bildirishnoma
Dalolatnoma
Arizaning nechta zaruriy qismi mavjud?
7
6
5
4
Ariza hujjatning birinchi zaruriy qismini ko’rsating?
Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.
Hujjatning noma (Ariza).
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
Ariza hujjatning oxirgi zaruriy qismini ko’rsating?
Sana, imzo, ariza yo’llovchining IFO./yoki ilovasi
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.
Hujjatning nomi (Ariza).
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
Ariza hujjatining asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat)dan oldin turuvchi zaruriy qismini ko’rsating?
Hujjatning nomi (Ariza)
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi.
Sana, imzo, ariza yo’llovchining IFO.
Ariza yo’llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
Avtobiografiyaga berilgan ta’rifni belgilang?
O’zi haqida ma’lumot beruvchi yillar bo’yicha tasniflangan xronologiya
Ishga joylashish haqida rasmiy hujjat
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining bergan xodimiga tavsifi
Muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llaniladi.
Mohiyat-e’tibori bilan ……lar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid bo’ladi.
buyruq
farmoyish
dalolatnoma
ariza
Asosiy faoliyat oid va kadrlarga oid bo’lib, ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va alohida saqlanadigan hujjat nomini ko’rsating?
buyruq
farmoyish
dalolatnoma
ariza
Buyruqlar kadrlarning shaxsiy tartibiga oid hujjat bo’lib, u necha yil muddatda saqlanadi.
40
30
20
10
Axborot bildirishnomasi deb nimaga aytiladi?
umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to’g’risida xabar
ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma
ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir tavsiya
rejaning ijrosi to’g’risida xabar
Umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to’g’risida xabar qanday nomlanadi?
Axborot bildirishnomasi
Hisobot bildirishnomasi
Akt
Dalolatnoma
Ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabar qanday nomlanadi?
Hisobot bildirishnomasi
Akt
Dalolatnoma
Axborot bildirishnomasi
Hisobot bildirishnomasiga berilgan noto’g’ri fikrni belgilang?
umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayonda ishtirok etgan shaxslar to’g’risida tavsifonoma berilishi
ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma
ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir tavsiya
rejaning ijrosi to’g’risida xabar
Bildirishnomaning zaruriy qismlaridan 8-qismiga berilgan to’gri izohni toping?
Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo’yiladi)
Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (bildirishnoma).
…-bu turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qororlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat
bayonnoma
dalolatnoma
bildirgi
ilova
Bayonnomaga berilgan tog’ri ta’rifni toping?
turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qororlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat
Ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarga yetkazilgan xabar
Har bir kelgan xatlarni tartiblash
Shaxsiy hayoti va uning bayonini xronologik joylashtirish
Majlis bayonida o’z aksini topgan axborotlarning aniqligi va to’g’rili uchun butun mas’uliyat va javobgarlik kimning zimmasiga yuklatiladi.
majlis raisi va kotibi
Majlis ishtirokchilari
Majlis raisi
Majlis kotibi
Qisqa majlis bayoniga berilgan ta’rifni toping?
faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko’rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi.
Majlis bayonining to’liq shakli faqat yig’ilish xususida emas, balki o’sha tashkilot yoki organning faoliyati to’g’risida ham fikr yuritishga imkon beradi.
magnitofonda yozib olinayotgan (fonografik) bo’lsa, qisqa majlis bayoni tuzilib, stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy majlis bayoniga ilova qilinadi
Og’zaki yozib olingan bayonlashtirilgan hujjat
To’liq majlis bayoni qanday nomalanadi?
Majlis bayonining to’liq shakli faqat yig’ilish xususida emas, balki o’sha tashkilot yoki organning faoliyati to’g’risida ham fikr yuritishga imkon beradi.
faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko’rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi
magnitofonda yozib olinayotgan (fonografik) bo’lsa, qisqa majlis bayoni tuzilib, stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy majlis bayoniga ilova qilinadi
Og’zaki yozib olingan bayonlashtirilgan hujjat
Majlis bayonining asosiy zarur qismlaridan birinchisini ko’rsating?
Muassasa nomi.
Sarlavha (bamaslahat ish ko’ruvchi organ yoki yig’ilishning nomi).
Hujjatning nomi (majlis bayoni).
Yig’ilish sanasi.
Majlis bayonnomasida “Qatnashdilar” qismida barcha a’zolar yoziladimi?
Barcha a’zolar,ishtirok etuvchilar yozilishi va soni ko’rsatilishi shart
Yig’ilish raisi va kotibi yoziladi
Faqat yig’ilish a’zolari yoziladi
Faqat kotibning familiyasi va a’zolar soni kiritiladi xolos
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo`lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat.
tavsiyanoma
ishоnchnоmа,
mа’lumоtnоmа.
dаlоlаtnоmа,
…- uni yozgan shaxs yoki bergan tashkilot zimmasiga ma’lum majburiyatlarni yuklaydi.
Tilxat
Ariza
Bildirishnoma
Dalolatnoma
Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nihoyatda qisqa shakli?
Telegramma
Bildirishnoma
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Telegraf yozishmalari qayerlarda amalga oshirsa bo’ladi.
barchasi
faqat shahar
aholi yashaydigan joylarda
muassasalar orasida
Xizmat telegrammalariga berilgan notog’ri fikrni toping?
Xizmat yozishmalari bir intervalda yoziladi
Xizmat telegrammalari 2 nusxada tayyorlanadi.
Telegramma jo'natuvchining adresi mansabdor shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi.
Telegramma bosma ish qog’ozining yoki oq qog’ozining faqat bir tomoniga yoziladi.
Telegramma matni «…….. » deb yuritiladi.
telegraf uslubidagi matn
Electron uslubidagi matn
Arxiv uslubidagi matn
Manba uslubidagi matn
Doimiy ish ko’ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko’ruvchi organlar (konferentsiyalar, yig’ilishlar, komissiyalar) faoliyatlarida yuritiladigan hujjat nomi?
Bayonnoma
Ariza
Dalolatnoma
Akt
Bayonnoma tuzilganidan so’ng so’ralgan joyga bu haqdagi hujjatni beruvchi yangi bir hujat nomini ko’rsating
Ko’chirma
Bayonnoma
Dalolatnoma
Ishonchnoma
Majlis bayonlari kim tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Organlarning doimiy kotiblari
Majlis ishtirokchilari
A’zolari
Istalgan kishi
Vaqtinchalik ish ko’ruvchi organlar majlislarida kim tomonidan bayonnoma tuziladi?
yig’ilish jarayonida saylangan kotib tomonidan
Yig’ilish raisi
Bunda bayonnoma tuzilmaydi,dalolatnoma qilinadi
MFY xodimlari tomonidan ruyxatga olinib,hisobot tayyorlanadi.
……matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydi.
Tashabbus bildirishnomasi
Axborot bildirishnomasi
Hisobot bildirishnomasi
Fonografik bildirishnomasi
Kim ishlab chiqarish ko’rsatkichlari bo’yicha davriy hisobotlar, buxgalteriya muvozanati, ishlab chiqarish dasturining ko’rsatkichlar bo’yicha ma’lumotlar va shu kabi ichki va tashqi axborotlarga ega bo’lishi lozim?
Tashkilot rahbari
Tashkilot kadrlar bo’limi boshlig’i
Tashkilot yig’ilish kotibi
Tashkilot rahbar o’rinbosari
…. biror shaxs yoki tashkilotdan boshqa bir shaxs tomonidan hujjat, qimmatbaho buyum, pul va boshqa shu kabi narsalar olinganda ularni qachon, qancha miqdorda, qancha muddatga olganligi va qaytarish muddatlarini tasdiqlaydigan rasmiy hujjatdir.
Tilxat
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
….. odatda qimmatbaho buyum, hujjat yoki pulni olgan shaxs tomonidan yagona nusxada qo‘lda yoziladi
Tilxat
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi.
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Tilxat
Dalolatnoma qachon tuziladi?
Javoblarning barchasi
tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,rahbarlik almashinayotganda,moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda,
mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida,qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda
qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin,baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda,sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,rahbarlik almashinayotganda,moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda qanday hujjat tuzladi?
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Tilxat
Tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida,qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda qanday hujjat tuziladi?
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Tilxat
Tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin,baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda,sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladigan hujjat nomini ko’rsating?
Dalolatnoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Tilxat
Bu shunday hujjatki, ba’zi xususiyatlariga ko`ra tavsifnomaga o`xshaydi, shu sababli ularning ko`pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo`ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaky, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi.Qaysi hujjat nazarda tutilmoqda?
Tavsiyanoma
Vasiyatnoma
Bildirishnoma
Tilxat
Hisobot bildirishnomasi amalda yana qanday noma bilan yuritiladi?
Raport
Xabarnoma
Ma’lumotnoma
Ishonchnoma
Bildirishnomaning zaruriy qismlaridan birinchisini ko’rsating?
Bildirishnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi.
Hujjat turining nomi (bildirishnoma).
Matn sarlavhasi.
Raport so’zining ma’nosini izohlang?
fransuzcha bo’lib, “bildirgi” atamasini bildiradi
Inglizcha bo’lib, “buyruq” atamasini bildiradi
Lotincha bo’lib, “bildiraman” atamasini bildiradi
Grekchadan olingan bo’lib, “ta’qiq” atamasini bildiradi
Rekvizit qanday ma’noni anglatadi?
Zaruriy qism
Boshlanma
Asosiy matn
Rahbar imzosi
Farmoyish hujjatining zaruriq qismining birinchisini ko’rsating?
respublika gerbi;
tashkilotning alomati (emblemasi);
mukofot tasviri;
tashkilotlarning tasniflagichi bo’yicha tashkilotning xos raqami (kodi);
Muassasalarning boshqa aybdor muassasalar yoki (javobgar) shaxslarda davo qilinayotgan mablag’ yoki biron-bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib sud idoralariga yoki davlat xakamligiga yozma murojaatidir.
Da’vo arizasi
Ishga joylashish arizasi
O’qishga kirish arizasi
To’g’ri javob berilmagan
O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi berilgan qatorni toping?
1989 yil 21 oktabr
1992 yil 2 mart
1990 yil 21 oktabr
1991 yil 21 sentabr
…- kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchilikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatdir
Ish yuritish
Mehnat faoliyati
Statistika
Tarix
“Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni soha xodimlarining ko’pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo’shligidir, ular tashkilot, korxona va muassasalarda qabul qilingan hujjatlar bilan ishlash yo’riqlari, usullari va yo’llari majmuini etarli darajada bilmaydilar”-degan hujjatshunos olimni aniqlang?
A.S.Golovach
A.A.Rafiyev
N.A.Mahmdov
N.N.Mallayev
Hujjatlar tilida fe’l shakllarining qo’llanishi haqida tog’ri javobni belgilang?
Barchasi
majhul nisbatda qo’llanadi
o’tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabi qo’llanadi
3-shaxs buyruq-istak maylida qo’llanadi
Qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so`z va so`z birikmalari qaysi uslubda ko`plab uchraydi?
rasmiy
ilmiy
badiiy
publitsistik
Og'zaki va yozma nutq madaniyatini egallash uchun kishi nimalarga e'tibor berishi lozim?
Barcha javoblar to'g'ri.
Kishi o'z yozma va og'zaki nutqi ustidan ongli nazorat o'rnata olmog'i lozim.
Nutqiy did, tilning nozik tomonlarini his qilmog'i lozim.
Kishi o'zining kundalik tiliga e'tibor berib, undagi nuqsonlarni seza bilish.
Hujjatchilik borasida berilgan noto’g’ri fikrni aniqlang?
hujjatning nomi bo’lganligi uchun undan so’ng nuqta qo’yiladi
Hujjatning nomi bo’lganligi uchun uni bosh harf bilan yoziladi
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak.
Savodli yozilgan hujjatgina o’z vazifasini mukammal bajarish mumkin.
O'qish va ish haqida asosiy ma'lumotlarni ko'rsatadigan qisqa tarjimai hol?
Avtobiografiya
Dalolatnoma
Tavsifnoma
Tavsifiy-tavsiyanoma
Shaxs to'g'risida shaxsan o'zi yozgan shaxs to'g'risida batafsil ma'lumotni ko'rsatadigan hujjat
Avtobiografiya
Dalolatnoma
Tavsifnoma
Tavsifiy-tavsiyanoma
Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo`lish uchun tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat qanday nomalanadi?
tavsifiy-tavsifnoma
ariza
tarjimai hol
shaxsiy varaqa
Bayonnomaga berilgan tog’ri ta’rifni toping?
turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qororlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat
Ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarga yetkazilgan xabar
Har bir kelgan xatlarni tartiblash
Shaxsiy hayoti va uning bayonini xronologik joylashtirish
Qаdimgi G’аrbdа hujjаt yuritish tаriхida qayerda miloddan avvalgi 1792-1750 yillaridagi shohi Xammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq shox Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094yillar)ning qonunlari va boshqa manbalar mavjud?
Bobil
Amriqo
Ona Do’li
Gretsiya
Sharqda qachon yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan?
X-XIX asrlarda
X-XX asrlarda
X-XVIIIasrlarda
X-XXI asrlarda
Yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qism, qanday muayyan qolipga ega bo’lgan?
“To’xtamish so’zim Yagaylaga”
“To’xtamishdan shoh Yagaylaga”
“To’xtamish buyuradi, eshitsin Yagayla!”
“To’xtamish yozur, eshitgay Yagayla”
XIX asrda Qo’qon xonligidagi keng tarqalgan hujjatlardan biri….
patta
vaqf xati
tanob
zakot
Bu hujjatda ma’lum kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, don yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqidagi ma’lumot aks ettirilgan.Uning matnlarida ham o’ziga xos doimiy tarkib va muayyan nutqiy qolip turg’unlashgan.
patta
vaqf xati
tanob
zakot
Hujjatlar mazmuniga ko’ra nechi turga bo’linadi?
sodda va murakkab hujjatlar
qolipli va asl nusxali
asl, dublikat
aralash,oddiy
Murakkab hujjatlarga xos xususiyatni belgilang?
ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi
bir masalalni o’z ichiga oladi
asl nusxadan kochirma olinadi
hujjatlar to’lami qayd etiladi
Sodda hujjatlarga xos xususiyatni belgilang?
bir masalalni o’z ichiga oladi
ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi
asl nusxadan kochirma olinadi
hujjatlar to’lami qayd etiladi
Tashkiliy hujjatlar ko’rsatilgan qatorni belgilang?
guvohnoma,yo‘riqnoma, nizom, shartnoma
ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma
tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon
xizmat yozishmalari (taklifnoma, telegramma, xatlar).
Ma’lumot-axborot hujjatlari ko’rsatilgan qatorni belgilang?
ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon
guvohnoma,yo‘riqnoma, nizom, shartnoma
xizmat yozishmalari
taklifnoma, telegramma, xatlar
Xizmat yozishmalari hujjatlari ko’rsatilgan qatorni belgilang?
taklifnoma, telegramma, xatlar
guvohnoma,yo‘riqnoma, nizom, shartnoma
tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon
ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma
Hujjatlar mazmun bayonining shakliga ko‘ra turlarini belgilang?
xususiy, namunaviy,qolipli
Soda, murakkab
asl, dublikat
aralash,oddiy
..- fuqarolardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar, ularning asosida olib boriladigan xizmat yozishmalari misol bo‘ladi. Ular aksariyat hollarda ayni bir vaziyat va holatni izohlab, tushuntirib berish maqsadida yoziladi.
xususiy hujjatlar
namunaviy hujjatlar
qolipli hujjatlar
dublikat hujjatlar
…-har bir tashkilot va uning bo‘linmalari uchun zaruriy bo‘lgan bildirgi, xizmat ma’lumotnomasi, tavsifnoma, majlis bayoni kabi belgilangan tartibda tuziladigan hujjatlar kiradi.
namunaviy hujjatlar
qolipli hujjatlar
dublikat hujjatlar
xususiy hujjatlar
…- hujjatlar-bu hujjatlarning ko‘plab turlari mavjud, ular soha faoliyatini osonlashtiradi, vaqt va moddiy resurslarni tejashga imkon beradi, ish jarayonida qulaylikni oshiradi.
qolipli hujjatlar
dublikat hujjatlar
xususiy hujjatlar
namunaviy hujjatlar
Hozirgi davrda axborotlarni uzatish, tarqatish va baholashda, shuningdek rejalash va nazoratni amalga oshirishda qanday resurslardan foydalaniladi?
barchasi to’g’ri
elektron yozuv mashinalari, kompyuterlar va mikroehmlarga o’rnatilgan qurilmalardan;
matnli axborotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash vositalaridan foydalanish katta samara beradi.
katta hajmli EHM va shaxsiy kompyuterlardan, mitti protsessorlardan;
telekommunikatsiya tizimidan;
Maʼlumotlar qayd etilgan moddiy buyumlar (qogʻoz, kinoplyonka, fotoplyonka, magnitofon lentasi, perfokarta va boshqalar) fanda qanday atama bilan yuritiladi?
hujjat
resurs
ilova
dalil
Hujjat qanday ko’rinishlarga ega?
matn, tasvir, tovush
tasvir, tovush
tasvir, matn
to’g’ri javob berilmagan
Mazmuniga koʻra ilmiy-texnikaviy hujjatlarga nimalar kiradi?
maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar
qarorlar, farmonlar, shartnomalar
referatlar, annotatsiyalar
toʻlov topshiriqnomalari
Mazmuniga koʻra huquqiy hujjatlarga nimalar kiradi?
qarorlar, farmonlar, shartnomalar
maqolalar, kitoblar, patentlar, chizmalar
referatlar, annotatsiyalar
toʻlov topshiriqnomalari
Hujjat sud ishlarini yuritishda faktlarni aniqlash vositasi sifatida qanday ahamiyatga ega?
hujjatlarni qalbakilashtirish jinoyat hisoblanadi
ish yuritish faoliyati
ijodiy faoliyatga ega
takroriy tasdiqlash
Fuqaroning yashash hududi haqida yoki o’qish joyi haqidagi ma’lumotlar aks etgan hujjat qanday nomlanadi?
ma’lumotnoma
ariza
so’rovnoma
bildirishnoma
Birоr bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo'llanuvchi yozma aхbоrоt qanday nomlanadi?
taklifnoma
bayonnoma
bayonnomadan ko’chirma
senariy
Ma’lum bir shaхs tоmоnidan o’z shaхsiy hayoti va faоliyati haqida bayon qilingan hujjat nomini ko’rsating?
tarjimai hol
taklifnoma
telegramma
ariza
Shоshilinch хabarning matnini bеlgilangan jоyga tеlеfоn оrqali еtkazish qanday hujjat sanaladi?
telefonogramma
taklifnoma
telegramma
ariza
Tеlеfоn vоsitasida bo’ladigan bunday mulоqоt rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qоg’оzining bir turi hisоblanadi. Хizmat muоmalasining bu turi ko'pincha shahar yoki rayоnda jоylashgan muassasalar o’rtasida amalga оshiriladi?
telefonogramma
taklifnoma
telegramma
ariza
Pul, hujjat, qimmatbahо buyumlar yoхud bоshqa narsa оlinganligini tasdiqlоvchi rasmiy yozma hujjat.U birgina nusхada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbahо hujjat sifatida saqlanadi.
tilхat
bayonnoma
da’vo xati
ariza
Ma’lum bir muassasaning bоshqa bir idоra yoki transpоrt tashkilоtlariga nisbatan talab va e’tirоzlari bayon qilingan хatlar qanday nomlanadi?
da’vо хatlar yoki da’vоnоmalar
so’rov xati
iltimos xati
tushuntirish xati
Хatni qabul qilib оluvchilarni jo'natilgan hujjatlar haqida yozma хabardоr qilish uchun qo'llanuvchi qisqacha хabar qоgоzidir. Bu ish yuritishda kеng tarqalgan. Muassasalarda bunday хatlar shartnоma lоyihalarini, ziddiyatli majlis bayonlarini, da’vо matеriallarini junatishda qo’llaniladi.
ilоva хat
iltimоs хat
kafоlat хati
so’rоv xat
Muassasalar ma’lum bir ishni amalga оshirish yoki tugatish maqsadida bоshqa bir muassasalarga rasmiy хat оrqali iltimоs qilishi mumkin bo’lgan hujjat?
iltimоs хat
kafоlat хati
so’rоv xat
ilоva хat
Хatlarning bu turi qоidaga ko’ra bajarilgan ish uchun haq to’lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turar jоy bilan ta’minlashda, ishga qabul qilishda, bajarilgan ishning sifati haqida kafоlat bеrish uchun tayyorlanadi va tashkilоt yoki alоhida shaхslarga junatiladi.
kafоlat хati
so’rоv xat
ilоva хat
iltimоs хat
Jo'natilgan iltimоs va so'rov хatlarga javоb оlinmasa, shuningdеk, tuzilgan shartnоmalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hоllarda qanday hujjat yubоriladi.
eslatma хat
so’rоv xat
ilоva хat
iltimоs хat
Ko'pchilik yoki ma’lum guruhdagi shaхslarni yaqin оrada (kеlgusida) bo’ladigan birоr – bir tadbir – majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdеk, ishga, o’qishga qabul qilish va bоshqalar haqida хabardоr qilishga qo'llanuvchi yozma aхbоrоt qanday nomlanadi?
e’lon
bayonnoma
taklifnoma
telegramma
Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa, tоpshiriqlarning bajarilishi, amaliy dоlzarb ishlar, хizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumоt bеruvchi hujjat.
hisobot
akt
bayonnoma
ma’lumotnoma
Kimga yo’llanganligiga qarab bildirishnomlar necha turga bo’linadi?
ichki va tashqi
oddiy va murakkab
sodda va dublikat
asl va dublikat
Bunday bildirishnoma o’z korxona rahbariga yoki bo’lim mudiriga yoziladi. U toza qog’oz varag’iga qo’lda yoki mashinkada yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi, hujjat turini toping?
ichki bildirishnoma
tashqi bildirishnoma
murakkab bildirishnoma
dublikat bildirishnoma
Muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog’ozga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi korxonaning o’zida qoldiriladi. Bunday bildirishnomalar korxona rahbari tomonidan imzolanadi, hujjat turini toping?
tashqi bildirishnoma
murakkab bildirishnoma
dublikat bildirishnoma
ichki bildirishnoma
Bildirishnomalar xususiyatiga ko’ra turlarini belgilang?
tashabbus,axborot, hisobot
taklif,iltimos, so’rov
arz, da’vo, iltimos
bayoniy, iltimos, da’vo
Matnida tegishli masala yuzasidan umumiy yoki aniq takliflar ilgari surilib, rahbarni ularni hal qilishga undaydigan bildirishnoma turini aniqlang?
tashabbus bildirishnomasi
axborot bildirishnomasi
hisobot bildirishnomasi
arz bildirishnomasi
Umumiy holati rahbarga ma’lum muayyan jarayon to’g’risida xabar beruvchi bildirishnoma turini aniqlang?
axborot bildirishnomasi
hisobot bildirishnomasi
arz bildirishnomasi
tashabbus bildirishnomasi
Ma’lum bir ishning tugallanishi haqida yoki biron-bir ko’rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi to’g’risida rahbarni xabardor qiluvchi bildirishnoma turini aniqlang?
hisobot bildirishnomasi
arz bildirishnomasi
tashabbus bildirishnomasi
axborot bildirishnomasi
Muayyan vazifa yoki majburiyatlarni bajarilishi haqidagi hisobot bildirishnomasi amaliyotda qanday nom bilan ham yuritiladi?
raport
akt
rekvizit
spravka
Bildirishnoma, yoki ariza hujjatlarida birinchi rekvizit qaysi kelishikda qo’llanishi shart?
jo’nalish kelishigi
tushum kelishigi
chiqish kelishigi
bosh kelishigi
Bildirishnoma, ariza hujjat matnlarida hujjat nomidan oldingi zaruriy qism qaysi kelishikda bo’ladi?
chiqish kelishigi
jo’nalish kelishigi
tushum kelishigi
bosh kelishigi
Bu hujjatni yozishni tashkil etish kotibning asosiy vazifalaridan biridir.Bu qaysi hujjat?
bayonnoma
ariza
bildirishnoma
e’lon
Qaysi hujjatda axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi?
bayonnoma
ariza
bildirishnoma
e’lon
Bu hujjatda faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokaralarda qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko’rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi.Qasyi hujjat nazarda tutilmoqda?
qisqa majlis bayoni
to’liq majlis bayoni
stenografik majlis bayoni
fonografik majlis bayoni
Stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy hujjatga ilova qilinadi.Asosiy hujjat nomini ko’rsating?
majlis bayoni
ariza
ma’lumotnoma
e’lon
Majlis bayonining qaysi qismida muhokama etilgan masala bo’yicha qaror qabul qilinadi, «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
matnning uchinchi qismida
matnning birinchi qismida
matnning ikkinchi qismida
matnning to’rtinchi qismida
Qaysi hujjatlar sirasiga ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalar va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin?
qolipli hujjatlar
namunali
xususiy
individual
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra, qanday hujjatlarga ajratiladi?
xizmat yoki rasmiy va shaxsiy hujjatlar
ichki va tashqi hujjatlar
sodda va murakkab hujjatlar
arxiv yoki notarus hujjatlar
Aksar hujjatlar dastlab qanday nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining qo’lyozma yoki dastlabki mashinkalangan nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko’chirilishi mumkin.
qoralama nusxada
asl nusxa
qayta ko’chirilgan nusxada
dublikat nusxada
Hujjatlar tayyorlanish darajasi va xususiyatiga ko’ra qanday hujjatlar huquqiy kuchga ega emas.
qoralama hujjat
ichki va tashqi hujjatlar
sodda va murakkab hujjatlar
arxiv yoki notarus hujjatlar
Har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasi qanday nomlanadi?
asl nusxa
qoralama nusxada
qayta ko’chirilgan nusxada
dublikat nusxada
Asl nusxa yo’qolgan hollarda hujjatning qanday hujjat asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
ikkinchi nusxasi (dublikati)
qoralama hujjat
ichki va tashqi hujjatlar
sodda va murakkab hujjatlar
Shaxsning xususiyatlari - mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho beriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo`lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi.
tavsiyanoma
ariza
bildirishnoma
akt
Tilxat hujjat nomidan so’ng qaysi tinish belgisi qo’yiladi?
qo’yilmaydi
nuqta
ikki nuqta
uch nuqta
Ba’zan nodir hujjatlar, ko‘proq miqdordagi pul mablag‘lari olinganda yoki olinayotgan narsa-buyumning qimmatbaholigi e’tiborga olinib, bu hujjat notarial idoralarda tasdiqlanishi ham mumkin. Bu qanday hujjat?
tilxat
ariza
bildirishnoma
akt
Ariza matnini tayyorlashda oxirgi rekvizitni qayd etishda, sana qay tarzda yozilishi lozim?
20.02.2022
02.20.2022
2022.02.20
02.2022.20
Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat?
bayonnoma
dalolatnoma
farmoyish
hisobot
O`zbek tili qaysi til oilasiga kiradi?
oltoy tillari oilasining turkiy turkumiga
hind– yevropa tillari oilasining eron tillari turkumiga
hind– yevropa tillari oilasining slavyan tillari turkumiga
oltoy tillari oilasining eron turkumiga
“Taqriz” qaysi tilning atamasi va u qanday ma`nolarni beradi
arabcha so`z ``bayon qilish zo`zlash , tasdiqlash ,, ma`nolarini beradi
tojikcha so`z ``asarning qimmatini belgilash ,,
forscha so`z ``asarni tahlil etish ,,
forscha– tojikcha so`z ``asarning o`rnini aniqlash ,,
“ Davlat tili haqida “gi qonunning nechanchi moddasida “O`zbekiston Respublikasining Davlat tili – o`zbek tilidir “deb yozilgan ?
1– moddasida
2– moddasida
3– moddasida
4– moddasida
Rasmiy uslubda qanday matnlar tuziladi?
hujjatlar, ish yuritish qog'ozlari
e'lonlar, she'rlar, romanlar.
qarorlar, idora hujjatlari,.dostonlar
She’r, doston,roman
O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiasining nechanchi moddasi davlat tili to`g`risida qayd etilgan(O‘zbekiston Respublikasining davlat tili-o‘zbek tilidir.)
4 – moddasi
6– moddasi
3– moddasi
5– moddasi
“Davlat tili to`g`risida”gi qonun nechta moddadan iborat?
24
25
23
22
Ish yuritishning tarixdagi dastlabki nomi?
munshaot
qolipli hujjat
muhrdor
munshiy
Hujjatlar asosan qaysi shaxs tilidan yoziladi?
I va III shaxs
II shaxs
II shaxs ko`plik
III shaxs ko`plik
Qaror hujjatining eng zaruriy qismini ko`rsating ?
Kun tartibi,Eshitildi,Qaror qilindi
Qatnashuvchilar
So`zga chiquvchilar
Matn
Hujjatlarning nomi qanday harf bilan yoziladi?
Bosh harf bilan o`rtadan
Kichik harf bilan xat boshidan
Bosma
Yozma
Hujjatchilikda tilning qaysi xususiyatlariga alohida e`tibor beriladi ?
Lug`aviy Imlo va tinish belgilariga
So`zning tarkibiga
Orfoepik xususiyatiga
So`zning tuzulishiga
Hujjatlar turiga ko`ra nechaga bo`linadi?
Ichki va tashqi
Rasmiy hujjatlar
Universal hujjatlar
Tashkiliy hujjatlar
Hujjatlar mazmuniga ko`ra nechaga bo`linadi?
Sodda va murakkab
Oddiy va qo`shma
Sodda hujjatlar
Murakkab hujjatlar
Mazmun bayonining shakli jihatidan hujjatlar necha turli bo`ladi?
Namunaviy va qolipli
Tashkiliy
Farmoyishli
Ma`muriy-axborot
Hujjatlar tegishlilik jihatidan necha turga bo`linadi?
Rasmiy va shaxsiy
jamoaviy
tashkiliy
Ma`lumot-axborot
Ma`muriy boshqaruv hujjatlari necha turga bo`linadi?
Tashkiliy,Farmoyish,Ma`lumot-axborot,xizmat yozishmalari
Farmoyish
Ma`lumot-axborot
Xizmat yozishmalari
Hujjatni tayyorlash tartibiga ko`ra necha turli bo`ladi?
Asl nusxa va qoralama
Erkin nusxa
Asl nusxa
Qoralama
Hujjatlardagi rekvizitlar qanday ma`noni bildiradi?
Zaruriy qism
Sarlavha
Kirish
Xulosa
Tashkiliy hujjat turiga qanday hujjatlar kiradi?
Farmoyish,Yo`riqnoma,Shartnoma,Nizom,Bitim
Ariza,Bildirishnoma,Da`vo arizasi
Xat,Telegramma,Telefonogramma
Bildirishnoma,Tilxat,Dalolatnoma
“Yo`riqnoma” qanday hujjat?
Qonun yoki me`yoriy hujjatlarni ish yuzasidan xodimga tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat
Ish tartibi va qoidalar
Ishda xodim vazifasi
Ishda rahbar topshirig`i
“Nizom-Ustav” nima?
Tashkilot yoki uning tarkibi,ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat
Tadbirlar o`tkaziladigan sana hujjati
Komissiya guruhning huquqiy maqomi
Ishga qabul qilish hujjati
Shartnoma nima?
Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini belgilovchi mehnat bitimi
Ikki o`rtasidagi kelishuv
Ikki kishining o`zaro suhbati
Shaxs va jamiyatning o`zaro aloqasi
“Farmoyish” nima?
Muassasa rahbari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat
Buyruq
Talab
Topshiriq
Ma`lumot-axborot hujjatlarining nomini toping?
Ariza,Bildirishnoma,Dalolatnoma
Farmoyish,Shartnoma
Xat,Telegramma
Tilxat,Telefonagramma
Arizaning qanday turlarini bilasiz?
Iltimos,Shikoyat,Da`vo
Shikoyat
Jamoa arizasi
Da`vo arizasi
Da`vo arizalari qayerga yoziladi?
Ichki ishlar bo`limiga
Sudga
Mahallaga
Prokuroturaga
Do'stlaringiz bilan baham: |