I. M. Mirzaqulov - dotsent
3
Din inson ongining eng yuksak va
so’nggi sohasidir. U shunday sohaki,
inson unga mutloq haqiqat olamiga
kirgan kabi qadam qo’yadi.
F. Gegel.
KIRISH
«Ma’naviyat asoslari va dinshunoslik» kursi oliy o’quv yurtlarining bakalavriat
bosqichiga mo’ljallangan. Kursning asosiy vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada
chuqur bilim berish orqali kurs doirasiga kirgan masalalarni tahlil etishda ilmiylik va
ob’ektivlik uslubini qo’llab, inson ma’naviyatining asoslari, yoshlarda diniy qarashlar
taraqqiyotga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr
yuritish orqali ilmiy-falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e’tiqodni
shakllantirishdan iborat. Тalaba yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash,
ularni mustaqil hayotga tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish,
dunyoqarashi va fikrlash qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish har
birimizning oldimizda turgan vazifamizdir. Hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli
shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim vazifalaridan
biriga aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish milliy mafkuraning asossiy
g’oyasi va davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. «Biz barpo
etayotgan yangi jamiyat, - deydi I.Karimov,- yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga
tayanadi va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratadi».
1
Ushbu jihatlarni hal etish
ko’proq kadrlar masalasiga borib taqaladi va minglab yuksak ma’naviyatli mutaxassis
kadrlar tayyorlanishi ayniqsa bozor munosabatlariga o’tish davrida zarur bo’lib
bormoqda. Тalaba yoshlarga komil insonga xos ahloqiy, ma’naviy fazilatlar, inson
kamolotida ilm va bilimning o’rni haqida tushuncha berar ekanmiz, dinning yoshlar
tarbiyasidagi o’rni haqida ham to’g’ri axborot berishimiz zarur. Dinning jaholat,
aqidaparastlik, o’zgalar fikriga toqatsizlik, ijtimoiy taraqqiyotga to’sqinlik qiluvchi
kuch ekanligi haqidagi noto’g’ri tasavvurlarga qarshiligi to’g’risidagi ijtimoiy fikrni
shakllantirishga, talaba yoshlarda falsafiy-nazariy dunyoqarashni shakllanishiga
erishmog’imiz darkor. Chunki dinlar - hox islom dini, hox xristian dini bo’lishidan
qat’iy nazar insonlarni ezgulikka, poklikka, Vatanga, yaqinlariga muhabbat va
sadoqatga o’rgatadi.
Mazkur qo’llanmada jahon dinlari, ularning kelib chiqish tarixi, ta’limoti va
insoniyat tarixidagi o’rni tahlil qilingan. Jahon dinlari xalqlarning ijtimoiy, siyosiy va
madaniy taraqqiyotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Insonlarni ahloqiy jihatdan sog’lom,
pok, diyonatli bo’lishlikka chaqiruvchi dinlar har doim ta’lim-tarbiyaning ajralmas
qismi bo’lib kelgan. Dunyoviy taraqqiyot yo’lini tanlagan O’zbekistonda dinning
ijtimoiy ahamiyati tiklanib, diniy konfessiyalarning rasmiy faoliyati uchun hamma
1
И. А. Каримов. Миллий истиқлол мафкураси - халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. Т.: 2000, 18-бет.
4
sharoitlar yaratildi. Millatlar o’rtasida tinchlik, hamjihatlik va o’zaro ishonchga
asoslangan munosabatlarni shakllantirishda dinlarning imkoniyatlaridan keng
foydalanilmoqda. Bu esa dinning yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash va dunyoqarashini
shakllantirishdagi faol ishtiroki bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: