83
3.
O‘sish sur’ati
a) zanjirli
b) bazisli
100
100
141,2
141,2
138,1
195,0
130,1
253,6
148,7
377,1
Manba: Turayev Sh. Soliqlar statistikasi. T.: «Akademiya»
nashriyoti, 2004, - 17 bet.
Soliqlardan tashqari davlat byudjetiga soliqsiz to‘lovlar ham kelib tushadi.
Soliqsiz to‘lovlarga qonun hujjatlariga
muvofiq hadya etish, meros olish huquqi
bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan mablag‘lar; davlat
mulkini xususiylashtirish
(sotish) natijasida olingan mablag‘lar; yuridik shaxslarga va chet davlatlarga
berilgan byudjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan to‘lovlar,
hamda chet el
mamlakatlari, yuridik va jismoniy shaxslaridan beg‘araz yordam sifatida
qaytarilmaydigan olingan mablag‘lar kiradi.Davlat byudjeti daromadlariga maxsus
maqsad uchun tashkil etilgan pensiya fondiga, aholining ish bilan bandlik fondiga,
yo‘l fondiga kelib to‘shadigan mablag‘lar ham tenglashtiriladi.
Chet davlatlardan, chet el yuridik va jismoniy shaxslaridan olingan beg‘araz
yordamlar transfertlar deb ataladi.
Shunday qilib, davlat byudjeti daromadlarini sxemada ifodalasak.
Davlat byudjeti daromadlari
Soliq tushumlari
Soliqsiz tushumlar
Soliq tushumlarining o‘zi yuqorida ko‘rganimizdek
iqtisodiy mohiyati
bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi. Bular bevosita (to‘g‘ri) soliqlar, bilvosita (egri)
soliqlar va resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar.
Davlat byudjeti daromadi
soliq tushumlari
Bevosita soliqlar
Bilvosita soliqlar
Resurslardan foyda-
langanlik uchun soliq
Yuridik shaxslar daromadi
(foydasi)ga; qo‘shilgan qiymat solig‘i;
suv resursidan
foylanaganlik
xususiyatlari
Jismoniy shaxslar daroma-
84
diga; aksiya solig‘i; yer
resurslaridan
foylanaganlik uchun
mol-mulk solig‘i; Bojxona boji va shu kabilar;
ekologiya
solig‘i va shu kabilar
va shu kabilar
Statistik ma’lumotlarga qaraganda davlat byudjeti daromadida bevosita
soliqlar 1997-2000 yillarda 26-30 % larni tashkil etgan bo‘lsa, 2003
yili tashkil
etgan. Demak davlat byudjetida soliqlarning hissasi kamayib mutloq summasi
ko‘paymoqda) bormoqda. Bu davlatimizning iqtisodiyotni
rivojlantirish bilan
bog‘liq siyosatining amaldagi ifodasidir. Chunki korxonalarning rivojlanishini
ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar daromadlariga solinadigan
soliq stavkalari
har yili kamaytirilmoqda. Shuningdek aholi daromadlaridan olinadigan soliq ham
kamaytirilmoqda.
Davlat byudjeti daromadida bilvosita (egri)
soliqlarning hissasi ortib
bormoqda. Davlat byudjeti daromadida egri soliqlar hissasi 1999 yilda 54,0 % ni
tashkil etgan bo‘lsa 2000 yilda – 56,0 % ni, 2003 yilda 57,0 % ni tashkil etgan.
Resurs to‘lovlari davlat byudjeti daromadining 9-10 % ini tashkil etadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki davlat byudjeti daromadida soliqlar muhim ahamiyatga
ega ekan.
2004 yil davlat byudjeti daromadlari yillik prognozga nisbatan 102,2 foizga
bajarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: