143
Buxgalteriya balanslari axborot hajmi bo‘yicha dastlabki va yig‘ma
(jamlama) balanslarga guruhlanadi. Korxona buxgalteriya hisobi asosida tuzilgan
balans dastlabki (birlamchi) balans hisoblanadi. Yuqori tashkilotlarda (uyushma,
birlashma, jamiyatlar, vazirliklar kabi yuqori idoralarda) korxonalarning dastlabki
balanslari asosida tuzilgan balanslar yig‘ma (jamlama) balans deyiladi.
Korxonalar uchun balans tuzish va uning moddalarini baholanishi
qonunlashtirilgan tartibi o‘rnatilgan. Buxgalteriya balanslarida asosiy vositalar
boshlang‘ich
qiymatda, boshqa mablag‘lar esa haqiqiy tannarxda ko‘rsatilishi
kerak. Balansda ko‘rsatilgan ma’lumotlar haqiqiy (real) bo‘lishi kerak. Buning
uchun balans moddalarining ko‘rsatikchlari ma’lum davrlarda inventarizatsiya
qilinib turilishi zarur.
Buxgalteriya balanslari har bir xo‘jalik hisobidagi korxona a tashkilotlarda
joriy oy tamom bo‘ladigandan keyin, chorakda va yilda tuziladi. Buxgalteriya
balansining shakli Respublika Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Tashkilotlarning (korxonalari) buxgalteriya balansining aktiv tomonidagi
bo‘limlar:
1 - bo‘lim: Uzoq mudatli aktivlar;
2 - bo‘lim: Joriy aktivlar;
Passiv tomoni bo‘limlari:
1 - bo‘lim: O‘z mablag‘lari manbalari;
2 - bo‘lim: Majburiyatlar.
Demak, korxona mablag‘larining barchasi foydalanish muddatiga qarab 2
guruhga (uzoq muddatli va joriy (aylanma) mablag‘larga bo‘linar ekan.
Korxonaning barcha mablag‘lari 2 manbadan: o‘z mablag‘lari manbai va chetdan
jalb qilingan (majburiyatlar) mablag‘lar manbaidan tashkil topar ekan.
Buxgalteriya balansida ko‘rsatilgan summalarga
qarab umumiy dastlabki
xulosalar qilish mumkin. Albatta avtotransport korxonasida, GESlarda va shu kabi
korxonalar balansida asosiy vositalar, ya’ni uzoq muddatli aktivlar juda katta
summani va balans summasining katta qismini tashkil etadi. Faqat ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda xom ashyo va materiallar moddasida katta
summa bo‘lib, tovarlar qatorida summa bo‘lmaydi. Faqat savdo bilan
shug‘ullanuvchi korxonalarda uning teskarisi, xom ashyo va materiallar bo‘lmaydi,
tovarlar esa katta summani tashkil etadi. Buxgalteriya
balansi moddalari
summalariga qarab, korxona faoliyati natijalari qanday ekanligi, moliyaviy holatini
(mustahkamligini) baholash mumkin. Moliyaviy mustahkam korxonalarda
mablag‘larining asosiy qismi, o‘z mablag‘laridan tashkil topgan, joriy aktivlari
(aktiv II bo‘lim), majburiyatlardan (balans passivi, II bo‘lim) ko‘p bo‘lishi lozim.
Masalan, ikki korxona balanslarining jami summalari 26 mln so‘mdan,
lekin
ularning mablag‘larining joylanishi va tashkil topish manbalari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: