Islom Karimov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
www.ziyouz.com
kutubxonasi
172
www.ziyouz.com
kutubxonasi
173
www.ziyouz.com
kutubxonasi
174
www.ziyouz.com
kutubxonasi
175
www.ziyouz.com
kutubxonasi
176
www.ziyouz.com
kutubxonasi
177
www.ziyouz.com
kutubxonasi
178
www.ziyouz.com
kutubxonasi
179
www.ziyouz.com
kutubxonasi
180
www.ziyouz.com
kutubxonasi
181
www.ziyouz.com
kutubxonasi
182
www.ziyouz.com
kutubxonasi
183
www.ziyouz.com
kutubxonasi
184
www.ziyouz.com
kutubxonasi
185
www.ziyouz.com
kutubxonasi
186
www.ziyouz.com
kutubxonasi
187
MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
XODIMLARIGA
Qadrli do‘stlar!
Avvalambor, siz, hurmatli jurnalistlar, nashriyot va matbaa sohasi
vakillarini – bugungi kunda tobora o‘tkir va ta’sirchan kuchga ega bo‘lib
borayotgan, og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli kasb egasi
bo‘lgan, o‘zini axborot sohasini rivojlantirishdek olijanob ishga
bag‘ishlagan siz azizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot
vositalari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Albatta, hammamiz uchun aziz va muqaddas bo‘lgan Vatanimiz
mustaqilligining yaqinlashib kelayotgan 20 yillik buyuk sanasi arafasida
o‘tayotgan bu bayramning alohida ma’no-mazmuni borligini, o‘ylaymanki,
nafaqat soha xodimlari, balki ularning ijodi va mehnati mahsulidan har
kuni bahramand bo‘ladigan millionlab yurtdoshlarimiz, butun xalqimiz
yaxshi anglaydi.
Ayni shunday damlarda el-yurtimiz hayotida tarixan qisqa bir davrda
ro‘y bergan o‘zgarishlar – o‘z kuch va salohiyatimizga tayanib, milliy
davlatchiligimizni qayta tiklash, siyosiy va iqtisodiy mustaqilligimizni
mustahkamlash, keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, demokratik
davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, xalqaro maydonda
mamlakatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga erishish yo‘lida qanday
ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritganimiz haqida so‘z yuritishimiz
tabiiydir.
Ayni shu kunlarda ommaviy axborot vositalari sohasida amalga
oshirgan ishlarimizga tanqidiy baho berar ekanmiz, ulardan to‘g‘ri xulosa
chiqarish, zamonning o‘zi talab qilayotgan muhim masalalarni kun
tartibiga qo‘yish va ularni hal qilish barchamiz uchun eng dolzarb vazifa
bo‘lib turgani xususida ortiqcha gapirishga hojat yo‘q, deb o‘ylayman.
Bugungi qutlug‘ ayyomda o‘lkamizda mustaqil milliy matbuot paydo
bo‘lgan davrdan boshlab, bu ishning tamal toshini qo‘ygan, doimo xalq
bilan, uning dardu tashvishlari, ezgu orzu-umid va intilishlari bilan
yashagan ma’rifatparvar bobolarimiz, bu yo‘lda o‘zini fido qilgan
www.ziyouz.com
kutubxonasi
188
insonlarning, muhtaram faxriylarimizning nomlarini hurmat va ehtirom
bilan yod etamiz.
Yurtimizda amalda o‘zini oqlamagan eski mafkura hukmronlik qilgan
davrlarni eslar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, o‘sha zamonda ham
axborot sohasining jonkuyar namoyandalari, qanday og‘ir bo‘lmasin,
voqelikni to‘g‘ri yoritish, xalqimiz boshidan kechirgan mashaqqatli
kunlarni yuragidan, qalbidan o‘tkazish, yaqin tariximizdagi mash’um
yillarda millatimizning qadr-qimmatini, sha’nini himoya qilish, turli
tuhmat va bo‘htonlardan asrash, eng muhimi, milliy qadriyatlarimiz,
o‘zligimizni saqlashda o‘zini ayamasdan, vijdonan xizmat qilganini,
mardlik va ma’naviy jasorat ko‘rsatganini bugun katta minnatdorlik bilan
tilga olishimiz o‘rinlidir.
Biz mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq milliy g‘oyani
shakllantirish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishdek
buyuk maqsadlarni har qaysi insonning ongida, ma’naviy olamida keng
qaror toptirish yo‘lida matbuotimiz katta hissa qo‘shayotganini, buning
ahamiyati va mohiyatini alohida ta’kidlash va e’tirof etish zarur, deb
bilaman.
Shu borada odamlarimizning, ayniqsa, yoshlarimizning dunyoqarashi
tobora o‘zgarib, ularning ongu tafakkuri yuksalib, siyosiy va fuqarolik
faolligi, daxldorlik tuyg‘usi oshib borayotgan bir paytda bu jarayonlarda
aynan matbuot sohasining o‘rni va ta’sirini yuksak baholashimiz albatta
adolatdan bo‘ladi, deb hisoblayman.
Aziz do‘stlar!
Bugun biz XXI asrda – globallashuv deb nom olgan, shiddat bilan
o‘zgarib borayotgan zamonda yashar ekanmiz va o‘z oldimizga
O‘zbekistonni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga olib chiqish
maqsadini qo‘ygan ekanmiz, davr talablari bilan hamohang va hamqadam
bo‘lib hayot kechirishimiz zarurligini o‘zimiz uchun yana bir bor aniq-
ravshan tasavvur etib olishimiz shart.
Oldimizda turgan muhim vazifa va maqsadlar haqida gapirganda,
avvalambor, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo‘lidagi
izchil harakatlarimizni yanada kuchaytirish va ularni yangi, yuqori
bosqichga ko‘tarish hayotiy zaruratga aylanib borayotganini barchamiz
chuqur anglab olmoqdamiz.
Shu borada hayotimizda axborot erkinligini ta’minlash, davlat va
boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda
www.ziyouz.com
kutubxonasi
189
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, ularni odamlarning o‘z
fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabati va
pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirish bugungi kunda eng
dolzarb vazifamiz bo‘lib qolmoqda.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari faoliyatining qonuniy
kafolatlarini ta’minlashga qaratilgan, xalqaro demokratik talab va
standartlarga to‘la javob beradigan huquqiy zamin yaratilgani, sohaning
moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanib borayotgani va bunday ishlar
izchil davom ettirilayotgani, hech shubhasiz, bu yo‘ldagi
harakatlarimizning muhim tarkibiy qismidir.
Ayni paytda bu yo‘nalishda kechiktirib bo‘lmaydigan dolzarb
vazifalar, amaliy hayotimizda to‘siq bo‘lib, o‘zining yechimini kutayotgan
masalalar hali-beri ko‘pligini, o‘ylaymanki, hammamiz, avvalambor,
matbuot jamoatchiligi juda yaxshi anglab, sezib turibdi.
Bugungi kunda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining
ochiqligi, teleradioeshittirishlar, ommaviy axborot vositalari faoliyatining
iqtisodiy asoslari, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlariga
oid yangi qonunlarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni tezlashtirish kerakligini
hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini
ta’minlash, ularning hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa
o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonun
hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ham o‘zining
amaliy ijrosini kutib turibdi.
Bu qonunlarning qabul qilinishidan hammadan ham ko‘proq
manfaatdor bo‘ladigan siz, jurnalistlar bu jarayonda o‘z fikr-
mulohazalaringiz, amaliy takliflaringiz bilan faol ishtirok etasiz, deb
ishonaman.
Yana bir masala to‘g‘risida to‘xtalishni joiz deb bilaman. Bu o‘rinda
gap davlat tomonidan ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa
korxonalari, matbuot tarqatuvchi tashkilotlar faoliyatini yanada
rivojlantirish uchun ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish haqida
bormoqda. Avvalambor, bu tuzilmalarga yangi yildan boshlab soliq yukini
sezilarli darajada kamaytirish bo‘yicha imtiyozlar berish
rejalashtirilmoqda.
www.ziyouz.com
kutubxonasi
190
Ana shunday imtiyozlar albatta ommaviy axborot vositalarining
mustaqilligini qog‘ozda emas, amalda ta’minlash uchun moliyaviy sharoit
tug‘dirib berishi, ushbu sohada mehnat qilayotgan ishchi va xodimlarning
daromadini, moddiy farovonligini oshirish bilan birga, boshqa bir qator
soha va tarmoqlar rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatishi shubhasizdir.
Biz bu borada taraqqiy topgan davlatlar tajribasidan foydalangan
holda, ushbu masalaning ijrosini qat’iy nazoratga olishimizni alohida
ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Oldimizda turgan yana bir muhim vazifa borki, u ham bo‘lsa, matbuot
sohasida hali-beri uchrab turadigan o‘tkir mavzularni chetlab o‘tish, o‘zini
o‘zi nazorat qilish, mansabda o‘tirgan kishilarga itoatgo‘ylik, kimgadir
yomon ko‘rinmaslik, voqelikka bir xil yondashuv kabi kamchiliklarni
bartaraf etish bilan bog‘liqdir.
Sohada kadrlar, xususan, yosh jurnalistlarni tayyorlash tizimini tubdan
o‘zgartirish, jurnalistik ta’limga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarining
o‘quv-metodik bazasini takomillashtirish, professor-o‘qituvchilarning
malakasini oshirish, katta mahorat va ijodiy tajribaga ega bo‘lgan
mutaxassislarni, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga jalb
etish bo‘yicha ham hali ko‘p ish qilishimiz kerak.
Shular qatorida xalqaro maydonda informatsiya sohasida erishilgan
yutuqlarni puxta o‘zlashtirish, jurnalistlarimizning o‘z xorijiy hamkasblari
bilan tajriba almashish tizimini yangicha asosda yo‘lga qo‘yish vazifasi
ham dolzarb bo‘lib turibdi. Barchamizga ayonki, bunday vazifalarni
bajarishda zamonaviy media texnika va texnologiyalarni, Internet tizimida
qo‘llanadigan tillarni puxta egallash g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, mustaqil, yangicha fikrlaydigan, iste’dodli yoshlarga
ommaviy axborot vositalari sohasida keng yo‘l ochib berishga qaratilgan
ishlarni yanada kuchaytirishimiz zarurligini, o‘ylaymanki, barchamiz
yaxshi tushunamiz.
Bugungi kunda axborot olamida Internet davri kelgani, internet-
televideniye, internet-radio, elektron pochta, onlayn-video kabi ko‘plab
yangi axborot tarqatish texnologiyalari qanday tez sur’atlar bilan
rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib
borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo‘q, deb o‘ylayman.
Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish
bilan qarashi va ulardan keng foydalanishini hisobga oladigan bo‘lsak,
haqiqatan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini
www.ziyouz.com
kutubxonasi
191
anglash qiyin emas. Aytish kerakki, yoshlar bilan teng bo‘lib, samimiy va
samarali muloqot qilish uchun mana shunday axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini barcha jurnalistlar, birinchi navbatda, yosh
jurnalistlarimiz har tomonlama chuqur va atroflicha egallashi kerakligini
kimgadir tushuntirib berishga hech qanday hojat yo‘q.
Albatta, Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasi bilan tezkor aloqa
o‘rnatish, zudlik bilan zarur axborot va ma’lumotlarni olish, bilim va
ma’rifatni oshirishda uning beqiyos o‘rni va ahamiyati borligini hech kim
inkor etolmaydi. Biz odamlarimizning Internet imkoniyatlaridan yanada
kengroq foydalanishga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama qo‘llab-
quvvatlaymiz. Takror bo‘lsa-da, aytmoqchiman – axborot olamida
qandaydir devor o‘rnatish, o‘z qobig‘iga o‘ralib, mahdudlikka yuz tutish
yo‘li bizga aslo ma’qul emas.
Shu bilan birga, bugun yon-atrofimizda, uzoq-yaqin mintaqalarda yuz
berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy
qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan
g‘arazli kuchlar ham Internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida
foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini e’tibordan soqit qilib bo‘lmaydi.
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishga, o‘zaro adovat va
to‘qnashuvlarga sabab bo‘ladigan bunday xatarlarning oldini olishning
bitta yo‘li bor: yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, oqni qoradan, do‘stni
dushmandan ajratishga qodir bo‘lgan, bizning qanday boy tarix va merosga
ega ekanimizni anglab yashaydigan, imon-e’tiqodli, milliy va
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan insonlar etib voyaga
yetkazishimiz, bu masalani hech qachon ikkinchi darajali vazifa deb
bilmasligimiz kerak.
Muhtaram do‘stlar!
Jurnalist ahlining mehnati, odamlarga, jamoatchilikka ta’siri haqida
shaxsan men doim yuksak fikrdaman. Matbuot minbaridan aytilgan so‘z
qanday qudratli aks sado berishi mumkinligini, uning ta’siri va samarasini
oshirish avvalo sizlarning mahoratingiz, ijtimoiy pozitsiyangiz, insoniy va
ijodiy fazilatlaringizga, hamisha mas’uliyat tuyg‘usi bilan ish olib
borishingizga bog‘liq ekanini millionlab mushtariylar yaxshi biladi va
sizdan aynan shuni kutadi.
O‘z kasbining haqiqiy ustasi va fidoiysi bo‘lgan, o‘zining haqqoniy
so‘zi bilan odamlarni ezgu maqsadlarga safarbar eta oladigan, el-yurt
www.ziyouz.com
kutubxonasi
192
manfaati, xalqimizning bugungi va ertangi kuni uchun yonib yashaydigan
siz, jonkuyar jurnalistlarni men o‘zimning suyanchim va tayanchim deb
bilishimni bugun yana bir bor aytmoqchiman.
Sizlarni kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklar ekanman,
barchangizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, yangi-yangi ijodiy yutuqlar,
xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |