Microsoft Word islom karimov asarlar 19-jild ziyouz com doc


partiyalarning rolini tubdan oshirish uchun sharoit yaratadi



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/84
Sana02.05.2020
Hajmi0,81 Mb.
#48710
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84
Bog'liq
19 tom 2011 yil


partiyalarning rolini tubdan oshirish uchun sharoit yaratadi.  
Sud-huquq tizimidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish biz 
uchun eng muhim ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.  
Konsepsiyaga binoan, sudning mustaqilligini ta’minlash, 
qonunchilikka sudga qadar bo‘lgan ish yuritish bosqichida sud nazoratini 
mustahkamlash, “Xabeas korpus” institutini qo‘llash sohalarini 
kengaytirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha ishlarni 
davom ettirishimiz darkor. Huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari 
tizimida ularning faoliyatida qonuniylik va qonun ustuvorligini 
ta’minlaydigan o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali 
tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratishimiz, ayrim huquqbuzarliklarni 
jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish yo‘li bilan 
jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish, sud-huquq tizimini yanada 
demokratlashtirish bo‘yicha boshqa qator chora-tadbirlarni amalga 
oshirishimiz lozim.  
Bizning oldimizda axborot sohasini demokratik isloh etish, so‘z va 
axborot erkinligini ta’minlash bo‘yicha keng miqyosdagi vazifalar turibdi. 
Demokratik jamiyatni matbuot erkinligisiz, o‘z xohish-irodasini erkin 
bildirish va saylov erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.  
Konsepsiyaga muvofiq, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish, ommaviy 
axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, axborot 
sohasiga bozor mexanizmlarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
159
texnologiyalarini joriy etish va fuqarolarning so‘z erkinligiga doir 
konstitusiyaviy huquqlarini yanada to‘liq ro‘yobga chiqarish hamda olib 
borilayotgan islohotlarning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga 
qaratilgan boshqa bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda 
tutilmoqda.  
Saylov erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish 
masalalari diqqatimiz markazida bo‘lib qolmoqda.  
Mamlakatimizda yaratilgan mustaqil, mohiyat e’tiboriga ko‘ra noyob 
bo‘lgan saylov tizimini yanada demokratlashtirish, xususan, saylov 
jarayonlarining yanada ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, saylovoldi 
tashviqotlarini o‘tkazish mexanizmi, saylov komissiyalari faoliyati 
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va joriy 
etish vazifasi oldimizda turibdi. Bunda biz saylovlar – mamlakatimizda 
amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning demokratik ruhini namoyon 
etadigan eng muhim masala, huquqiy demokratik davlatning ajralmas 
belgi-alomati, xalq xohish-irodasining, davlat va jamiyat ishlarini 
boshqarishda fuqarolar ishtirokining asosiy shakli ekanidan kelib chiqamiz.  
Fuqarolik institutlarini shakllantirish va rivojlantirish demokratik 
islohotlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.  
Mamlakatimizni rivojlantirishning hozirgi bosqichida nodavlat 
notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari rolini kuchaytirish, 
hech mubolag‘asiz, mamlakatimizni demokratlashtirish, uning jahon 
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, jamiyatimizda millatlar va dinlararo 
hamjihatlikni, barqarorlikni ta’minlash, «Kuchli davlatdan – kuchli 
fuqarolik jamiyati sari» tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha o‘z oldimizga 
qo‘ygan maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning hal qiluvchi omiliga 
aylanmoqda.  
Kelgusida eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizni amalga 
oshirish, aholi turli qatlamlarining huquq va erkinliklari, manfaatlarini 
himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan 
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning samarali huquqiy 
mexanizmlarini yaratish borasida fuqarolik jamiyati institutlari va davlat 
tuzilmalari o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash bo‘yicha 
qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalariga 
alohida e’tibor qaratiladi.  
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini aniq 
yo‘naltirilgan holda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususiy tadbirkorlik va 


www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
160
oilaviy biznesni rivojlantirish, aholining boshqa zarur ehtiyojlari bilan 
bog‘liq vazifalarni hal etishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan kompleks 
tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim.  
Bizning oldimizda demokratik bozor islohotlarini yanada 
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha keng 
miqyosdagi ishlar turibdi.  
Bugungi kunda biz chuqur tahlillar asosida 2011-2015 yillarga 
mo‘ljallangan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘rtta strategik dasturni ishlab 
chiqdik va amalga oshirishga kirishdik. Bu dasturlar sanoatni, 
infratuzilmalarni, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirish, 
bank-moliya tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirishni, 
shuningdek, mamlakatimizda qulay ishchan muhit va uni baholashning 
zamonaviy xalqaro mezonlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi.  
Mazkur dasturlarning amalga oshirilishi uzoq istiqbolda tarkibiy 
o‘zgarishlarni davom ettirish va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini 
yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan.  
Hozirgi bosqichda ichki ehtiyojning o‘sishiga muhim ahamiyat 
qaratish lozim. Chunki bunday yondashuv jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi sharoitida iqtisodiyotning izchil rivojlanishini barqarorlashtirish va 
rag‘batlantirishning omili sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.  
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirayotgan 
barcha ishlarimizning eng muhim natijasi xalqimiz, avvalo, 
mamlakatimizni isloh etish va yangilashning hal qiluvchi kuchi bo‘lmish 
yoshlarimizning islohot va demokratlashtirish borasidagi siyosatni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlayotganida namoyon bo‘lmoqda, desak, hech 
qanday mubolag‘a bo‘lmaydi.  
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!  
Ushbu anjuman ishi davomida uning kun tartibiga qo‘yilgan masalalar 
yuzasidan ishlab chiqiladigan xulosa va tavsiyalar, hech shubhasiz, 
mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish borasidagi bizning faoliyatimizda o‘zining amaliy 
ifodasini topadi, deb ishonaman.  
Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga samarali ish olib 
borishlarini tilayman.  

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish