www.ziyouz.com
kutubxonasi
42
topshirish lozimligi belgilangan modda hukmiga ko‘ra, jabrlanuvchi kishi itni xohlagan
ko‘yga solishi mumkin. Shuningdek, egasining mulki bo‘lmagan yaylovda o‘tlagan
hayvonning hukmi ham mana shunday bo‘lgan. Hayvonlarni jazolashdagi qadimgi
mormonlar holi ham rum va yunonlar kabi edi.
Ammo forslarda esa ish bundan ham ajablanarli, g‘aroyib bo‘lgan. Quturgan it qo‘yni
tishlab o‘ldirib qo‘ysa yoki odamga jarohat yetkazsa, o‘ng qulog‘i kesib olingan. Agar bu
ishini takrorlasa, chap qulog‘i uzib olingan. Uchinchi martasida o‘ng oyog‘i kesilsa,
to‘rtinchi bor chap oyog‘idan mahrum bo‘lgan. Beshinchi marta tishlagan it dumidan
ajragan!..
Fransa Ovro‘pa davlatlari ichida birinchi bo‘lib, o‘n uchinchi asrda hayvonlarning
mas’uliyati to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, hayvonlar gunohiga qarab, xuddi
inson muhokama qilingani kabi qonuniy yo‘llar bilan mahkama oldida javobgar bo‘lgan.
Keyin o‘n to‘rtinchi asrning oxirida Sardiniya, XV asrning oxirlarida esa Belgiya ham
shunday yo‘l tutdi. O’n oltinchi asrning o‘rtalarida orqama-keyin Xollandiya, Olmoniya,
Italiya va Shvetsiya ham hayvonlarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunlar
ishlab chiqishgan. Mana shu holat ba’zi slavyan xalqlarda o‘n to‘qqizinchi asrgacha
davom etib keldi.
Ovro‘paliklarda hayvonga nisbatan jinoiy ish jabrlanuvchi yoki prokuratura da’vosiga
binoan ochiladi. Mahkama hayvonni ehtiyot yuzasidan hukm qilinguncha qamab ham
qo‘yardi. Shundan keyin hukm o‘qilar va insonlarda bo‘lganidek ko‘pchilikning oldida ijro
qilinardi. Hukm hayvonni toshbo‘ron qilish yoki boshini kesish yoxud yondirish bilan
bo‘lardi. Ba’zan o‘ldirishdan oldin ayrim a’zolarini kesib ham, hukm ijro qilinardi. Hech
kim bu muhokamani o‘ziga tasalli berish uchun qilingan hazil ish, deb o‘ylamas, balki
butunlay jiddiyat bilan qarardi. Bunga dalil sifatida shuni aytish mumkinki, hayvonlarni
javobgarlikka tortishga bois bo‘lgan sabablarni shunday bayon qilishardi: «Adolatni
qaror toptirish uchun hayvon o‘limga hukm qilinadi» yoki «Vahshiy va qabih jinoyatni
amalga oshirgani uchun osib o‘ldirilsin!»
Bu o‘rinda zikr qilinayotganlarning eng g‘aroyibi – ovro‘paliklarning hayvonga nisbatan
mahkama ishini qo‘zg‘ashlariga sabab bo‘ladigan holatlardan biri uning tabiat
qonunlariga tajovuz qilganligidir. Masalan, hayvon ham sehrgarlikda ayblanardi. U
shunday jinoyat ediki, buni qilganga olov bilan yondirish jazosi belgilangandi.
Ovro‘paliklar hayvonga nisbatan hukm ijro qilinishi munosabati bilan katta tantana
uyushtirishardi. Jallodlar o‘tin bo‘laklarini olib kelishar va maydonlardan birining
o‘rtasiga qo‘yishardi. U maydonga mahkum mushuklar olib kelinardi. Har bir mushuk
temirdan yasalgan alohida qafasga qamalardi. Jazoni amalga oshirish payti kelganda
ayrim hokimlar hamrohligida poplar paydo bo‘lardi. Ulardan biri oldinga chiqar, qo‘lida
o‘tinni yondirish uchun olov bo‘lardi. So‘ng hokimlardan biri mushuklarni o‘tda tutib
turishga amr etardi. Ular sehr bilan shug‘ullanganliklari uchun yonib, kulga aylanardi.
O’rta asrlarda ovro‘paliklarning hayvonlarga nisbatan olib borgan mashhur
mahkamalaridan ba’zilarini zikr qilish kerak. Bunday ishlarning eng g‘aroyib va
mashhuri o‘n beshinchi asrda Fransaning Oton shahrida sichqonlar mahkamasi bo‘lgan.
Bu shaharchada sichqonlar osoyishtalikka putur yetkazadigan qo‘rqinchli shakllarda
ko‘chalarda to‘planganlikda ayblanishgan. Ularning himoyasini frantsuz advokati
Shosoniya o‘z qo‘liga olgan va sichqonlar mahkamada hozir bo‘la olmaganliklari uchun
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |