www.ziyouz.com
kutubxonasi
9
ochdilar»
. Yana deydi:
«Musulmonlar astronomiya bilan shug‘ullangan paytda barcha
riyoziyot ilmiga o‘zgacha e’tibor berdilar. Ular bu borada uloqni ilib ketdilar. Ular bu
borada haqiqatda ustoz edilar»
. U yana deydi:
«Agar biz lotinning arabdan o‘zlashtirgan
narsasini o‘rganadigan bo‘lsak, boshlanishidayoq quyidagilarni topamiz: «Silvester
ikkinchi» nomi bilan pop bo‘lgan Gerbert 970-980 yillar mobaynida Andalusda o‘rgangan
riyoziy bilimlarini bizga kiritdi. Asli ingliz bo‘lgan Uxilard 1100-1128 yillar mobaynida
Andalus va Misrni kezib chiqdi. Arablarning o‘zi bilmagan Iqlidisning «Al-arkon» kitobini
tarjima qildi. Aflotun Attequli Tozusiyusning «Al-ukar» kitobini, Rudolf Alberti esa
Batlamiusning «Ma’mur yer jug‘rofiyasi» kitobini tarjima etdi. Leonard bo‘lsa, 1200 yilda
«Al-jabr» to‘g‘risida risola yozdi. XIII asrda Kaynonus Annabri Iqlidisning kitobini
sharhlagan holda tarjima qildi. Qiytaleon Poloni Hasan ibn Haysamning «Basariyot
(optika)» kitobini ham ana shu asrda o‘z tiliga o‘girdi».
Yana shu asrda Gerard de Kremano haqiqiy, mustahkam falak ilmini Batlamiusning
«Al-majisiy» va unga Jobirning sharhini o‘girib nashr qildi. 1250 yilda Azfo‘nsh Qashtoli
o‘zining ismi bilan nomlangan falakiy (ma’lumotnoma, taqvim) zijlarni nashr etishga amr
qildi. Agar Rojer birinchi Sitsiliyada arab ilmlarini tahsil olishga, xususan, Idrisning
kitoblarini o‘qishga targ‘ib qilgan bo‘lsa, imperator Frederik Ikkinchi esa musulmon ilm
va adabiyotiga tashviq etishda undan ortda qolgani yo‘q edi. Ibn Rushdning avlodlari
ana shu imperatorning saroyida yashashar, unga o‘simlik va hayvonot tarixini
o‘rgatishardi».
Xumbold o‘zining koinot haqidagi kitobida shunday deydi:
«Kimyoviy dorishunoslikni
topganlar – musulmonlardir. «Solirim» madrasasi qabul qilib, keyinchalik Janubiy
Ovro‘paga yoyilgan ilk hikmatli tavsiyalar ham arablardan kelgan. Shifo fanining asoslari
bo‘lgan dorishunoslik va tib bir vaqtning o‘zida, lekin ikki xil yo‘l bilan nabotot va kimyo
ilmini o‘rganishga olib bordi. Musulmonlar bois bu ilmning yangi zamoni boshlandi.
Ularning nabotot olamidagi tajribasi Zelforides o‘t-o‘lanlariga yana ikki ming o‘simlikning
qo‘shilishiga va dorixonalarni yunonlar umuman bilmagan bir necha o‘t-o‘lan bilan
boyishiga olib keldi».
Sediyo Movarounnahrning ikki ulug‘ olimi Roziy va Ibn Sino haqida shunday deydi:
«Ular o‘z kitoblari bilan g‘arb madrasalarida juda uzoq muddat hukm surishdi. Ibn Sino
Ovro‘pada tabib sifatida tanildi. U Ovro‘pa madrasalariga taqriban olti asr hukmronlik
qildi. Besh qismdan iborat «Al-qonun» kitobi tarjima etildi va bir necha bor bosildi. U
kitob Fransa va Italiya universitetlarida izlanishlar asosi hisoblanadi».
Uchinchisi – lug‘at va adabiyot maydonida. g‘arbliklar, xususan, ispan shoirlari
musulmon adabiyotidan juda qattiq ta’sirlanganlar. g‘arb adabiyotiga mardlik, botirlik,
majoz, go‘zal badiiy obrazlar alalxusus, Andalusdagi arab adabiyoti orqali kirib keldi.
Mashhur ispan yozuvchisi Aponiz aytadi:
«Ovro‘pa arablar Andalusga kelishidan, mardlik
va qahramonlik janub o‘lkalariga yoyilmasdan oldin mardlikni bilmasdi, uning odat
tusiga kirgan odoblarini va qahramonliklarini rioya qilmasdi».
g‘arblik adiblarning ana
shu asrlarda musulmon olami va uning adabiyotidan ta’sirlanish ko‘lamining kattaligiga
Do‘zining Islom haqidagi kitobida ispan yozuvchisi o‘oroning risolasidan keltirgan naqli
dalolat qiladi. Mazkur yozuvchi lotin va yunon tillariga beparvolik qilib, musulmonlarning
tiliga e’tibor bilan qaralganiga juda ham achinadi va shunday deydi:
«Zakovat va zavq
arboblarini arab adabiyotining ta’siri sehrlab qo‘ygan, ular lotinchani nazar-pisand
qilmaydilar. Boshqaning emas, balki o‘zlarini mag‘lub etganning tilida yozadilar». U
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |