Payg‘ambarning (sollallohu alayhi va sallam) oldilariga keldi va: «Yo
Rasululloh, men sizga bir sir aytmoqni istayman», dedi. Rasululloh unga:
«O’ylab ko‘r-chi, Madinaning qaysi ko‘chasida sen bilan xoli bo‘lishim ma’qul?»
dedilar va so‘ng u bilan chiqib ketdilar. Ancha vaqt turib, uning so‘zini
eshitdilar, keyin qaytdilar... Adiy bu holatni ko‘rgach, Rasulullohdagi
insoniylikdan uni chuqur hayajon qamrab oldi va musulmon bo‘ldi.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) yigirma bir yil davom etgan
kurashdan keyin Makkani fath qilganlarida, u zotga qarshi kurashgan,
vatanlaridan chiqargan va takzib etganlarga nisbatan g‘oliblik maqomini
olganlarida ham, Makka ko‘chalarida yashirin yurgan kunlarida, so‘ngroq esa
Madinada hokim o‘laroq barhayot hazora binosiga asos qo‘yayotgan onlarida
chiqargan da’vat va asoslarini esladilar. U zot Ka’ba eshigi oldida turgan
hollarida gapirganlarida, kibrli va zolim ijtimoiy farqlanishlar sohibi bo‘lgan
Quraysh ushbu so‘zlarni eshitdi: «Ey Quraysh jamoasi, Alloh sizlardan johiliyat
g‘ururini va ajdodlarni ulug‘lashni ketkazdi. Insonlar Odamdan, Odam esa
tuproqdan xalq qilingan».
So‘ng nusratga erishmasdan oldin da’vat qilganlari – Alloh taboraka va taoloning
ushbu oyatini tilovat qildilar:
«Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak
(Odam)
va bir ayol
(Havvo)
dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan
tanishishinglar
(do‘st-birodar bo‘lishinglar)
uchun sizlarni
(turli-tuman)
xalqlar va
qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng
hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir»
(Hujurot sura, 13-oyat).
Abu Bakr (r.a.) zamonlari. Bu zot insoniyat qalbi va ruhiyatini to‘ldiradigan mutavoze’
rais misoli edilar. Xalifa bo‘lganlari holda otalarini urushda yo‘qotgan qizlarning oldiga
keldilar va shunday dedilar: «Xalifalik oldin odatlangan xulqimni o‘zgartirib yubormaydi,
deb umid qilaman».
Umar (r.a.) esa xalqqa e’tiborli, zaiflarga yaxshilik qiluvchi, haqiqat borasida qattiqqo‘l
va odamlarning barini barobar ko‘radigan xalifa edilar. Umar (r.a.) odamlarga berish
uchun o‘zlarini mahrum qilar va ular to‘yishlari uchun och qolar edilar. Odamlarning
uylaridan, manzillaridan xabardor bo‘lib turardilar. Buning qissalari ma’lum va
mashhurdir:
Bir kun bozorda sadaqa so‘rayotgan yoshi ulug‘ qariyani ko‘rdilar va: «Ey shayx, nima
qilayapsan?» deb so‘radilar. Qariya: «Men yoshi ulug‘ qariyaman, jizya va nafaqa
so‘rayapman», dedi. U Madina aholisidan bo‘lgan yahudiy edi. Umar (r.a.) buyuk insoniy
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |