MALOMATIYLAR (arab.- ta’na ahli, ta’naga qoluvchilar) - so’fiylik tariqatlaridan birining
tarafdorlari. M. ta’limotining asosiy qoidalarini Hamdun al-Kassor (884 y. v.e.) ishlab
chiqqan. Al-Muhosibiy, Abu Yazid al-Bistomiy va Sahl at-Tustariy kabi Iroq zohidlarining
qarashlari mazkur ta’limotning shakllanishida muhim rol o‘ynagan. M. harakati umuman
yagona tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lmay, mustaqil mahalliy to‘garaklar shaklida edi.
Dastlab Nishopurda yuzaga kelib, g‘arbga - Iroq va Suriyaga, sharqqa -Movarounnahr va
Turkistonga tarqalgan. M. ayrim ruhoniylarning o‘z taqvodorligini boshqalarga pesh qilib,
ibodat va marosimlarni yuzaki, namoyishkorona bajo etishiga e’tiroz bildirishgan. Vaqt
Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
181
o‘tishi bilan M. tariqati yo‘qolib, uning tarafdorlari qolmadi. Bu ta’limotning ba’zi jihatlari
naqshbandiylik tariqatida namoyon bo‘lgan.