ISNOASH’ARIYLAR (arab. - o‘nikkichilar, ya’ni o‘n ikki imom tarafdorlari) - q.
Imomiylar.
ISNOD (arab. - tirgak, dalil, asos) - islomda har bir hadisning tarkibiy qismi. I. -aytilgan
so‘zni aytuvchisiga bog‘lashlik. Muhaddis olimlar sanad bilan I.ni bir ma’noda
qo‘llaydilar. Hadisning boshlanishida uni birinchi bo‘lib aytgan va eshitgan kishidan
boshlab, hadislarni to‘plovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma-bir ko‘rsatib
chiqiladi va bu hadisning asosi, dalili hisoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini
ulamolar shu ismlarni taqqoslash yo‘li bilan tekshirgan. Hadisni naql qiluvchi kishilarning
yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga to‘g‘ri kelsa, I. to‘g‘ri, demak, hadis ham to‘g‘ri
deb hisoblangan (yana q. Hadis).
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |