ISHROQ ("sharqiy munavvarlik") -so’fiylikdagi - falsafiy ta’limot; Yahyo as-Suxravardiy
(1191 y. v.e.) tomonidan ishlab chiqilgan. Yorug‘lik va zulmat ramzlaridan, shuningdek,
zardushtiylikdagi muqaddas kitoblardan olingan obrazlardan keng foydalanib as-
Suxravardiy aslini olganda o‘ziga xos ta’limot yaratgan. I. haqidagi ta’limotga asosan har
qanday mavjudlikning manbasi va energiyasi "Oliy nur" (nur al-anvar; fors. - xorra)
bo‘lib, u o‘zining borlig‘i bilan birinchi maxluq - "farishta", Baxman nurini "yoritadi".
I. ta’limotiga ko‘ra bayon etilgan dunyo manzarasi so’fiyning o‘ta berilib zikr tushishi
paytida o‘ta sezgir va ongli bilimga ega bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘lib xizmat qiladi.
So’fiyning ruhi moddiy olamning har xil "chiqitlari"dan zohidlik tajribasi orqali
poklangach, ilohiy nur bilan "nurlanadi", u "dunyoning sir-asrorlaridan" boxabar bo‘ladi
va o‘z manbasi tomon uchib, u bilan qo‘shilib ketadi.
ISHQ (arab. - muhabbat) - tasavvufda Allohga bo‘lgan ishq. Allohdan o‘zga har qanday
mahbubga bo‘lgan ishq yoki muhabbat soliklar nazdida majoziy ishq sanalgan.
Tasavvufona bitilgan g‘azal va boshqa turdagi she’rlarda majoziy ishq orqali haqiqiy ishq
tarannum etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |