Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
62
BURHONIDDIN BUXORIY, to‘liq nomi Mahmud ibn Sadrus
Said Tojuddin Ahmad ibn
Sadrulkabir Burhoniddin Abdulaziz ibn Umar ibn Moza (16-a.) - buxorolik faqih. Ilmni o‘z
davrining "sudurul ulamo"si (ulamolar peshqadami) hisoblangan ota-bobolaridan olgan.
B.B. "Muhitul Burhoniy" ("Hujjatli muhit"), "Zahira"("To‘planma"), "Tajrid" ("Ajratish"),
"Tatimmatul fatavo" ("Fatvolarni to‘ldirish"), "Tariqatul Burhoniya"("Xujjatlash yo‘li")
kabi
kitoblar, ko‘pgana asarlarga sharhlar yozgan. U o‘z asarlarida
fiqhning muammoli
masalalarini hal qilib berish bilan islom huquqi turli tarmoqlari rivojiga hissa qo‘shgan.
Chunonchi, 62 ta mustaqil kitobni o‘zida jamlagan "Muhitul Burhoniy"da
ibodat va
muomalot masalalari
alohida-alohida yoritilgan, vaqf, zakot va h.k. bo‘yicha
mukammal
ko‘rsatmalar bor. Bu kitob O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: