ZIYORATGOH - q. Muqaddas joylar.
ZIKR, zikr tushish (arab. yodga olish, eslash) - tasavvufda xudoni yodga olish bilan
bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar Allohni yodga olish zarurligini Qur’oni karimning "Allohni
zikr qilish bilan qalblar orom olur" (13:28) degan oyati bilan bog‘laydilar. Z ovoz chiqarib
(zikr al-jahriy) va ovoz chiqarmasdan (zikr al-xafiy) tushiladi. Ovoz chiqarib Z tushish
O’rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Bunda bir guruh so’fiylar avval davra qurib o‘tiradi,
bir kishi (qavvol) muayyan iboralarni ma’lum ohangda o‘qiydi, unga ayrim musiqa
asboblari jo‘r bo‘ladi; bora-bora kishilar o‘rnidan turib, o‘ziga xos harakatlar qila
boshlaydilar. Z vaqtida so’fiy va darvishlar "Alloh hayy" (Alloh tirik); "la iloha illalloh"
(Allohdan o‘zga ma’bud yo‘q); "Allohu akbar" (Alloh -eng ulug‘); "al hamdu lilloh"
(Allohga hamdu sanolar)" va b. so‘zlarni takrorlaydi. Uzoq vaqt takrorlangan so‘zlar,
musiqa va raqs natijasida Z tushayotgan o‘zligani unutadi, Allohdan boshqa hech kim va
Islom Ensiklopediyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |