BAG’DODIY, Abul Barakot Hibatulloh ibn Malka al-Baladiy (1077-1164) - faylasuf,
tabiatshunos, tabib. Bag‘dod xalifalari va saljuqiylar sultonlari saroyida tabiblik qilgan.
B.ning asosiy asari "al-Mu’tabar fil hikma" bizgacha yetib kelgan. Bu asar sharq
peripatetizmi ruhida yozilgan bo‘lib uch qismni - mantiq, fizika va metafizikani o‘z ichiga
oladi. Ikkinchi bo‘limda (Ibn Sino fizikasiga nisbatan) muammoni toraytirib, asosiy
e’tibor tabiiy-ilmiy masalalarni tadqiq etishning asosiy vositalari sifatida tajriba va
kuzatishga qaratiladi. Metafizikada, asosan, sharq peripatetiklari izidan borib B. ularning
ayrim qoidalarini tanqid qiladi. Unga ko‘ra yagonalikdan faqat yagonalik kelib chiqadi,
abadiy o‘tkinchi hodisalarni (havodis) o‘ziga sig‘dira olmaydi, xudoning mohiyatidan
tashqari uning boshqa atributlari bo‘lishi mumkin emas hamda o‘nta fazoviy akdlar
mavjud deb tanqid qildi. Keyinchalik bu tanqid kalom bilan falsafani yaqinlashtirishga
zamin hozirlagan ar-Roziy tomonidan davom ettirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |