BAG’DODIY, Abu Mansur Abduqohir ibn Tohir (? - 1037) - shofi’iylik faqihlaridan,
ash’ariy ilohiyotchi. Nishopurda ash’ariy Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v.e.)
rahbarligida o‘qigan. B.ning Xurosonda shogirdlari ko‘p bo‘lib, ular orasida mashhur
ilohiyotchi-so’fiy Kushayriy ham bor edi. B. muhofazasi keng olim bo‘lib, fiqh, usuli al-
fiqh, kalom, grammatika, handasa - jami 17 fandan dars bergan. U uchta asar - "al Farq
baynal firaq", "Usul ad-din", "al Milal van nihal" yozgan. Bulardan oxirgisi o‘zining
ma’nosi jihatidan Shahristoniyning xuddi shu mazmundagi asaridan ancha ustun turadi.
B. boshqa sunniy huquqshunoslar yo‘lidan borib xorijiylar, shialar va mu’taziliylar bilan
munozarada imomat g‘oyasini rivojlantirdi. U o‘zining zamondoshi va maslakdoshi
Boqiloniydan farqli o‘laroq, imomat zaruriy narsa va bir vaqtda ikki imomning (mulki
dengiz bilan ajralgan bo‘lsa) mavjud bo‘lishi mumkin deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |