Microsoft Word iqbol mirzo ziyouz com doc



Download 405,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/123
Sana31.12.2021
Hajmi405,69 Kb.
#247238
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
Sizni kuylayman iqbol mirzo ziyouz com1

 
SENI OBQOCHIB KETAMAN! 
 
– Seni obqochib ketaman! 
Yerni aylantirib tuyoqning zarbi
G‘ildirar osmonning adoqlarida. 
G‘uncha quchoqlagan kapalak kabi 
Yasharsan labimning ardoqlarida... 
 
– Seni obqochib ketaman! 
Boshingdan hovuchlab socharman yog‘du, 
Hovuchlab, labingga tuturman nurlar, 
Osmonni to‘ntarib etarman ko‘zgu, 
Ipak sochlaringni taraydi hurlar... 
 
– Seni obqochib ketaman! 
Gulgun qo‘shiqlar mamlakatida 
O‘tli o‘lan aytib o‘t-o‘lan aro, 
Tillaqo‘ng‘izlarning saltanatida 
Xon qizi bo‘lursan, men, mayli, gado... 
 
– Seni obqochib ketaman! 
Ketarmiz, g‘aflatda qolur hammasi: 
Puflab, ishqni quvmoq bo‘lar surnaylar, 
Sevgimizdan kulgan karnaylar sasi
... Ishqimizni qushlar aytib yurgaylar... 
 
– Toza obqochasiz! – deysan chimirlab, 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Otam osmondan ham topib keltirar... 
Qo‘ying... hazillashmang... – deysan turmulib
Ko‘zlaring yaltirar, so‘zing qaltirar... 
Ketasan... 
Men yolg‘iz. 
Huvillagan dil. 
Xayol obqochar... 
 
1988 
 
ARMON 
 
O‘zim bilib-bilmay ko‘p gunoh qildim, 
Mo‘lroq yashab qo‘ydim mo‘ljaldagidan. 
O‘lsam bo‘lmasmidi ko‘kka tikilib, 
Maysalar ustida, gulning tagida... 
 
Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, 
Mening tor ko‘nglimga sig‘mas bayramlar. 
Dilimga ilonning tillari etdi – 
Po‘st tashlab, turlanib yurgan nayranglar. 
 
Endi kun ko‘rishim qiyindan-qiyin, 
Endi havolar ham og‘irdan-og‘ir. 
Achchiq-achchiq yig‘lab, yo‘l yurgan sayin 
Uzun-uzun bo‘lib sudralar xotir. 
 
O‘zim bilib turib, ko‘p gunoh qilib 
Ko‘proq yashab qo‘ydim mo‘ljaldagidan. 
O‘lsam bo‘lmasmidi ko‘zlarim tinib, 
Suv ichgan chog‘imda qizning kaftidan. 
 
Endi meni qiynar qiyoqning guli – 
Nozik kapalakning hidsiz qanoti. 
Endi meni qiynar vaqtida o‘lib, 
Meni obketmagan do‘stimning yodi. 
 
... Ona, junjikmangiz sovuq so‘zlardan, 
Men endi o‘lmayman, yig‘lamang yana. 
Faqat maqtov kutib suzuk qizlardan 
Yolg‘on she’rlar yozib charchadim, ona. 
 
Faqat o‘zim bilmay ko‘p gunoh qilib, 
Mo‘lroq yashab qo‘ydim mo‘ljaldagidan. 
O‘lsam bo‘lar ekan ko‘zlarim kulib, 
Belanchak ichida, tolning tagida... 
 
1988 


Sizni kuylayman (she’rlar to’plami). Iqbol Mirzo 
 
 

Download 405,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish