12-FASL. ZEHNNI MUS
Т
AHKAMLAYDIGAN VA YODDAN KO’
Т
ARILISHNI
QOLDIRADIGAN ILLA
Т
LAR
Т
O’G’RISIDA
Т
alaba o’z ustida doim ishlashi, ilmini taraqqiy ettirishi kerak- Buning uchun fahm-farosat hamda
zehnining o’sishiga va mustahkamlanishiga kirishmog’i za-rur bo’ladi. Quvvai hofizani
kuchaytiradigan omillardan biri o’z vazifasiga jiddiylik hamda bardavomlik bilan yondashishi
hisoblanadi.
Т
olib o’z zehnini o’stirish uchun taomini ham bir oz kamaytirishi kerak. Kechalaridagi namozlar,
Qur’oni karimga qarab o’qish hifzni oshiradigan amallardan sanaladi.
Ulug’lar janob paygambarimiz hadis shariflariga binoan, inson zehnini va fahmu farosatini ziyoda
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
49
qiladigan asosiy manba - kitobga qarab Qur’oni karimni tilovat qilish, deb bashorat berganlar. Chunki,
Janob (s.a.v.):
-Ummatimning eng afzal amali kitobdan Qur’on karimni tilovat qilishlaridir,- deganlar.
Ulug’ valiylardan bo’lgan Shaddod ibn Hakim (a.r.) hazratlari tushlarida zamondosh o’tgan bir ulug’
zotni vafotidan keyin ko’rgan ekanlar. Shunda undan:
-Qaysi qilgan amalingiz foydaliroq ekan, ko’proq bahra oldingiz?- deb so’raganlar. Ul zot: kitobdan
Qur’oni karimga qarab o’qish bizga ko’p bahra yetkazdi,- deb javob bergan.
Chunki, qarab o’qilganda kishi shoshilmaydi, oyati karima ma’nolarini yaxshiroq tafakkur qilishiga
imkon bo’ladi. Bu, shubhasiz, zehnni rivojlantiradigan omillardan biridir.
Т
olib darsligini, kitobdaftarini qo’liga olayotganda ushbu kalimalarni aytmog’i kerak:
Bismillahi va subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar, vala havla vala quvvata
illa billahil aliyyil aziymil azizil alim. Adada kulli harfin kutiba va yuktabu abadal abadina va
dahraddahirin.
(Alloh ismi bilan boshlayman. Alloh barcha nuqsondan pok zot. hamd, cheksiz maqtov Allohga xosdir.
Allohdan boshqa ibodat qilishga loyiq ma’bud yo’q. Kuch-qudrat, quvvat Allohniki, har ishga qodir
bo’lish faqat Alloh bilan bo’ladi. U juda ulug’, bekamu-ko’st qodir, hamma narsani biluvchi zot.
Yozilgan va yozilajak harflar sonicha abadiy, doimiy (shu zikrlarni) aytaman.)
Darsni tugatganda mana bularni aytmog’i kerak:
Amantu billahil vahidil ahadil haqqi vahdahu la sharika lahu va kafartu bima sivahu.
(Haq bo’lgan, yakkayu yagona, mulku tasarrufotida yolg’iz, Sherigi yo’q Allohga imon keltirdim,
uning boru birligiga, qudratiga ishondim. Allohdan boshqa barchasiga, ishonchimni bermadim, kufr
keltirdim.)
Т
alaba janob Payg’ambarimiz (s.a.v.)ga sapavot aytishni ziyoda qilmog’i ham zehniga ijobiy ta’sir
ko’rsa-tadi. Chunki, ular Sarvari Koinot, o’n sakkiz ming olamga rahmat qilib yuborilganlar. Haq taalo
ul zotni Rahmatan lil a’lamin, Ya’ni, butun olamlarga rahmat paygambari qilib yubordik, deb madh
etgan. Salavotning fazilatiga bu oyai karima ham dalolat qilyapti.
Shuningdek, misvok tutish, ya’ni tish tozalash, og’zini badbo’y bo’lishdan saqlashi ham zehnni
charhlaydygan omildir. Hazrat Rasululloh (s.a.v.) misvok fazilatlarini bayon qilib, zehn uchun
foydasini alohida ta’kidlaganlar.
Asal yeb turish, yong’oqni shakar bilan aralashtirib yeyish hamda har kuni yigirma bir dona qizil
mayiz tanovul qilib turish zehnni mustahkamlaydi. Mayizni o’z so’lagi bilan yemog’i tavsiya qilinadi.
Bu ba’zi kasalliklarga davodir.
Bilgilki, nima og’izdagi nam, balg’amni kamaytirib yo’qotsa, u zehnni o’tkirlaydi. Balg’am, og’izdagi
namlikni ziyoda qilsa, u zehnni o’tmaslashtiradi. Nisyon -unutish kasalini kuchaytiradi.
Ammo zehn past bo’lishiga gunoh ishlarga moyil bo’lish, ibodatga ahamiyatsizlik va duiyo g’am-
tashvishlariga berilish ham sabab bo’ladi. Bu qalbni band qiladi, dunyo-viy hojatlarini ko’paytiradi.
Bayt:
Vakiy’ hazratlariga qildim shikoyat,
Ilm olish sirlari. Imom Zarnujiy
Do'stlaringiz bilan baham: |