Ilk bolalnk davrida psixik taraqqiyot
Ilk bolalik davri.- Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi
bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi, Ilk
bolalik
davri bola
hayotidagi eng ahamiyatta molik, uiing kelajakdagi
psixologik
rivojlanishini belgilab beruvchi -
muhim
davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning
asosini bolaning to‘tri yurishi, mulohotta kirishishi va predmeatsh
faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri
yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni
egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—harakatlari
bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan
bo‘ladilar.
3-7 yoshgacha bulgan davr bogcha yoshi davri xisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat uzgarishlari bulishini
inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik
bogcha yoshi urta maktabgacha davr( urta bogcha yoshi) 6-7 yosh va katta
maktabgacha davr katta bogcha yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlvnish
jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va
xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat kulga
kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda
predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti –
xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat
motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning
bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan
boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga
beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar
gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy
axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bogcha
yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter
xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bogcha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri
ularning serxarakatligi va taklidchanligidir.Bola tabiatnining asosiy konunini
shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat kursatishni talab kiladi,lekin u
faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan
charchab koladi.Mana shu suzlardan bogcha yoshidagi bola tabiatning asosiy
konuni bulmish serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik
ravishda uyushtirish kerakligi yakkol kurinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari,
kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha
boshlaydi. Bogcha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara
boshlaydi. Uning xarakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning
nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini
mustaxkamlashga extiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va
bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
* Bogcha yoshdagi bolalar extiyoji va kizikishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu
avvalo keng doiraga chikish extiyoji, munosobatda bulish, uynash extiyojlarinig
mavjudligidir. Bogcha yoshidagi bolalar nutkni bir muncha tula uzlashtirganlari va
xaddan tashkari xarakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin bulgan katta
odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bulish extiyoji tugiladi. Ular tor
doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi kuni-
kushnilarning bolalari bilan xam jamoa bulib uynaydilar.
Xamma narsani bilib olishga bulgan extiyoj kuchayadi. Bogcha yoshidagi bola
tabiatiga xos bulgan kuchli extiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik
sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bogcha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan usishida
kizikishning roli xam kattadir.Kizikish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga
undovchi omillardan biridir. Shuning uchun xam kizikishni bilish jarayoni bilan
boglik bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi.
Bolaning kamol topishida kizikishning axamiyati shundaki, bola kizikkan
narsasini mumkin kadar chukurrok bilishiga intiladi va binobarin uzok vakt
davomida kizikkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida
bolaning dikkati xamda irodasi kabi muxim xislatlarni ustirishga va
mustaxkamlashishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |