Microsoft Word ilk bolalik davri psixologik xususiyatlari



Download 50,11 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi50,11 Kb.
#892034
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ILK BOLALIK DAVRIDA AQLIY TARAQQIYOTNING O’ZIGA XOSLIGI


MАVZU: ILK BOLALIK DAVRIDA AQLIY TARAQQIYOTNING O’ZIGA XOSLIGI.
KIRISH.
I-BOB. ILK BOLALIK DAVRINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
VA AQLIY TARAQQIYOT.

  1. I.1. Ilk bolalik davrida psixik taraqqiyot.

  2. I.2 Ilk bolalik davrida aqliy taraqqiyot.

II-BOB. ILK YOSH DAVRIDA BOLANING AQLIY VA PSIXIK RIVOJLANISHI

  1. II.1. Ilk yoshdagi bola psixikasining rivojlanishi.

II.2. Ilk yoshdagi bolalar nutqining xususiyatlari
Bob yuzasidan xulosa
ХULОSА VА TАVSIYALАR
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Psixologiya bolaning xususiyatlari, imkoniyatlari, layoqati va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda uni shaxs sifatida mukammal rivojlantirishga qaratilgan ta’limdir. Shuning uchun bizning asosiy vazifamiz bolalarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har bir turida matematik tushunchalarning muhimligini ko’rsatish, fikrlashga o’rgatishdan iboratdir.
Bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Agar yangi tug‘ilgan hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya asosan ularni ovqatlanishi gigienalarini tartibga solish va sezgi organlarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lsa, maktabgacha yoshidagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mehnat malakalari hosil qilish, nutqlarini o‘stirish hamda ijtimoiy axloq va estetik didning dastlabki kurtaklarini yuzaga keltirishga qaratilgandir. Demak, asosan maktabgacha yoshidan boshlab bolaning bundan keyingi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual hususiyatlari ham yuzaga kela boshlaydi.Ana shu sababli ham insonning har tomonlama kamol topa borishi va xususan , psixik jihatdan maktabgacha yoshidagi davrida olgan ta’lim tarbiyasiga bog‘liqdir. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini taminlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang barangdir. Tarbiya masalalari ta’lim - tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari : mashgulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar, gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.1
O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov haqli ravishda takidlaganidek, -Tarbiya sohasi islohati bugungi kunning eng dolzarb, ertangi taqdirimizni hal qiluvchi muammodir. Darhaqiqat, xuddi shunday. Biz tarixda misli korilmagan yangi jamiyat qurmoqdamiz. Bu jamiyatning tamal toshini qo’yish bizning zimmamizga tushgan ekan, uni bajarish ma’suliyatini to’g’ri anglash, vijdon amri bilan ado etish g’oyat murakkab va sharafli burchdir. Ziyolilar bu burchni qanchalik iftixor bilan ado etsalar, mustaqil imoratni poydevori shunchalik baquvvat bo’ladi. CHunki ziyolilar, ayniqsa pedagogika sohasining vakillari ertamizning umidi, davlatimizning kelajagi bolgan yoshlarni tarbiyalaydilar. Tarbiya, ayniqsa inson tarbiyasi bugunimiz emas, balki kelajagimizning ham hayot mamot ishidir. Hozirgi yosh avlod tog’ri tarbiya topsa, mustaqillik istiqbolini to’g’ri tushunsa, shubhasiz, erishgan yutuqlarimiz davomiyligi uzilmaydi. Fikrimizcha, insonni shaxs bo’lib shakllanishiga elituvchi psixologik sifatlarning poydevori oiladan boshlanadi. Oilalarda tashkil etilayotgan tarbiya ozining tub mohiyatiga ko’ra milliy xususiyatlarni namoyon etish bilan birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim yo’nalishi sifatida o’rganildi. Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi. O’zining ko’p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega. O’zbeklarning aksariyati o’zining shaxsiy farovonligi togrisida emas balki, oilasining qarindoshuruglari va yaqin odamlarini, qo’shnilarining omon esonligi to’g’risida g’amxorlik qilishini birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada manaviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Oilaning jamiyat va davlat oldidagi eng birlamchi va asosiy vazifasi unda voyaga yetayotgan farzandlarni barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlari, o‘yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart.2

Download 50,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish