bet 31/57 Sana 01.07.2022 Hajmi 353,48 Kb. #726270
Bog'liq
Microsoft Word ijtimoiy va oila psixologiyasi
Boshqarib bo`lmaydigan toifadagi nizoli shaxs xislatlari :
O`zini yetarli darajada nazorat qilolmaydi ;
Xulqini aniq aytib bo`lmaydi;
O`zini agressiv va nihoyatda zardalik bilan ko`rsatadi;
Aksariyat xollarda umumqabul etilgan ijtimoiy normalarga rioya etmaydi;
Yuqori darajada o`zini baholash xususiyatiga ega;
O`z shaxsini ta’kidlanishini kutadi;
Omadsizliklar va xatolarda boshqalarni ayblashga moyil ;
O`z faoliyatini rejali tashkil eta olmaydi yoki rejalarini hayotga ketma- ketinlik bilan joriy eta olmaydi;
O`z maqsadi va sharoitlarini moslashtira olish qobiliyati yetarli
rivojlanmagan;
O`tgan tajribadan kelajak uchun saboq chiqarmaydi.
Aniqlikni talab etadigan toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Ishga nihoyatda jiddiy yondashadi ;
O`ziga nihoyatda yuqori talab qo`yadi;
Atrofidagilarga yuqori talablar qo`yadiki, bu ularga nisbatan go`yoki ta’qibdek tuyuladi;
Yuqori darajada xavotirlanish xislatiga ega;
Hamma narsaga nihoyatda e’tiborli;
Atrofidagilarning tanqidiy fikriga katta ahamiyat beradi ;
Gohida do`stlari, tanishlari bilan munosabatlarni uzadiki, bu go`yoki uni xafa qilganlari oqibatidek tuyuladi;
Gohida o`zi-o`zidan aziyat chekadi , xatolaridan qayg`uradi, xatto gohida bu xatolarga nisbatan bosh og`riqlari, uyqusizlik sifatida javob qaytaradi;
Tashqi jihatdan xissiyotlarini oshkora etmaslikni ma’qul biladi;
Guruhdagi real o`zaro munosabatlarni yaxshi his etmaydi.
Nizosiz toifadagi nizoli shaxs xislatlari :
Fikrlari va qarashlarida beqaror;
Yengil ishonish xislatiga ega ;
Ichki qarama-qarshi fikrlarga ega;
Harakatlarida bir qadar uyg`unlik yo`q;
Vaziyatlarda bir lahzalik yutuqlarga tayanadi;
Kelajakni, istiqbolni yetarli darajada ko`ra olmaydi;
Liderlarning va atrofidagilarning fikriga tobe ;
Murosaga kelishga intiladi;
Yetarli darajada irodaga ega emas;
O`z xatti-harakatlari oqibatlarini va boshqalarning xarakatlari sabablarini chuqur o`ylamaydi.
Maqsadga yo`naltirilgan toifadagi nizoli shaxs xislatlari:
Nizoni o`z maqsadlariga yetishish uchun omil sifatida qara ydi ;
Nizolarni hal etishda faol tomon sifatida o`zini namoyon etadi;
O`zaro munosabatlarda ta’sir ko`rsatishga moyil;
Nizolarda maqsadli harakat qiladi, tomonlarning xolatini baholay oladi , turli xolatlarni xisoblaydi;
Janjalli vaziyatlarda muomalani samarali ta’sir usullarini qo`llay oladi.
Bu nizoli shaxs toifalari o`zaro munosabatlarda namoyon bo`lar ekan, qaysi toifa bilan qanday ishbilarmonlik munosabatlarini o`rnatishga, muzokaralar olib borishga bevosita ta’sir etadi. Shuning uchun xamkorlikka kirishishda albatta kuzatuvchan bo`lish, har bir harakat maqsadini anglash malakalarini tarkib toptirish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: