Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo`ldiki, ular
haqli ravishda ijtimoiy psixologiyaning mustaqil ilmiy yo`nalish sifatida
shakllanishiga o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar. Bu uch nazariyani
birlashtirib turgan narsa shu bo`ldiki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan
jamiyat munosabatini ilmiy asosda tushuntirishni izlanishlarning asosiy mavzusi
deb hisobladilar. Bu uch manba - xalqlar psixologiyasi, omma psixologiyasi va
ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyalaridir.