www.ziyouz.com kutubxonasi
34
o‘lguvchidirlar. So‘ngra albatta sizlar qiyomat kunida Parvardigoringiz huzurida
(bir-birlaringiz bilan) tolashib tortishursizlar» (Zumar surasi, 30-31- oyatlar).
Payg‘ambar alayhissalomning vafotlari haqidagi xabar yetib kelganida Abu Bakr
Siddiq Horis ibn Hazraj qabilasi orasida edilar. Xabarni eshitgan zahoti darhol Rasululloh
sallal-lohu alayhi vasallam tomon shoshdilar. Yetib borgach, Payg‘am-bar alayhissalom
hujralariga kirib, u Zotga tikildilar. So‘ngra egilib, yuzlaridan o‘pdilar va dedilar: «Ota-
onam Sizga fido bo‘lsin, ey Ollohning rasuli! Olloh taolo sizga o‘limni ikki marta
tottirmaydi. Ollohga qasamki, Rasululloh sallal-lohu alayhi vasallam vafot etdi».Keyin
odamlar oldiga chiqib dedilar:
— Ey insonlar! Bilingki, kim Muhammadga ibodat qilayotgan ekan, Muhammad vafot
etdi. Kim Muhammadning Rabbiga ibodat qilayotgan ekan, albatta, U zot hamisha tirik,
o‘lmay-di. Olloh taolo deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |