www.ziyouz.com kutubxonasi
39
Keyin hukm yurgizdingiz, adolat ko‘rsatdingiz. So‘ng shahidlikka yetdingiz».
U kishi qayrilib ketar ekan, Umar roziyallohu anhuning ko‘zlari uning yerda sudralib
borayotgan izor (shim)iga tushdi.
— Uni yonimga qaytaring,- buyurdi amiral-mo‘minin va dedilar, — Ey jiyan!
Kiyimingni ko‘tarib ol, yerga sudralmasin. Kiyimingni pok tut! Rabbingdan qo‘rq...
So‘ngra Umar roziyallohu anhu o‘g‘lidan so‘radi:
— Ey Abdulloh! Qarzlarimni hisoblab ko‘r, qancha ekan?
Hisob-kitobdan so‘ng qarz mikdori sakson olti ming dirham yoki shunga yaqinroq
ekanlign aniqlandi. Umar roziyallohu anhu o‘g‘li Abdullohga dedilar:
— Agar Umarning oila a’zolarida bu qarzni to‘lashga imkon bo‘lsa, ularning
mollaridan olib qarzlarini ado qil. Imkoni bo‘lmasa, Adiy ibn Ka’b jamoasidan so‘ra. Agar
ularning mollari ham yetmasa, Qurayshdan so‘ra, boshqalarga muro-jaat etma. Qarzni
mening nomimdan to‘la.
Ummul mo‘minin Oishaning huzurlariga borib: «Umar Sizga salom yo‘lladilar» deb
ayt. «Amirul mo‘minin» demagin. Bu-gundan e’tiboran mo‘minlar amiri emasman.
Yana shunday deb ayt: «Mo‘minlar onasi Oisha! Umar ibn Xattob Sizdan ikki
do‘stining yonnga dafn qilinmog‘iga izn so‘raydi».
Abdulloh Oisha roziyallohu anho huzurlariga bordi, izn so‘rab, salom berib ichkariga
kirdi. Oisha onamiz o‘tirgan ko‘yi yig‘layotgan edilar.
Umar in Xattob Sizga salom yo‘lladi va ikki do‘stining yoniga dafn qilinmog‘iga izn
berishingizni so‘radilar,-dedi Abdulloh.
— Men u yerni o‘zim uchun ajratgan edim. Bugun u yerga mendan ko‘ra Umar ibn
Xattob munosibroqdir!-dedilar Oisha
onamiz.
Abdulloh qaytgach; «Ibn Umar keldi», deyishdi.
— Meni ko‘taring,- dedi Umar. Bir kishi suyab, uni o‘rnidan turg‘izdi. — Qanday xabar
keltirding?
— Sizni suyuntiradigan xabar, ey amiral mo‘minin. Mo‘minlar onasi izn berdilar! -
dedi Abdulloh ibn Umar.
— Ollohga hamd bo‘lsin, men uchun bundan muhim xabar yo‘q! Qachon jonim uzilsa,
tobutimni ko‘taring, salom bering va ummul mo‘minin Oishadan izn so‘rang. Izn bo‘lsa,
meni ichka-riga olib kiring, izn bo‘lmasa, meni musulmonlar qabristo-niga elting».
Ummul mo‘minin Hafsa roziyallohu anho ham keldilar, u ayollar qurshovida
ko‘rinmasdi. Uni ko‘rgach, o‘rnimizdan qo‘z-g‘aldik. Hafsa onamiz otasi uzra egilib, bir
soatlar davomida yig‘ladi. Erkaklar kirishga izn so‘ragach, Hafsa roziyal-lohu anho
ichkariga o‘tdilar. Ychkaridan uning yig‘laetgani eshitilardi.
Klrganlar deyishdi:
— Bizga vasiyat qiling, ey amiral mo‘minin, o‘rningizga xalifa tayinlang.
— Bu ishga Rasululloh salla
lloh
u alayhi vasallam so‘nggi damlarigacha rozi bo‘lib
ketgan quyidagi kishilardan haqlirog‘i-ni ko‘rmayapman: Ali, Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d
va Abdurahmon. Abdulloh ibn Umar ham siz bilan hozir bo‘ladi. Lekin uning xalifalikda
haqqi yo‘q. Agar xal.ifalik Sa’dga yetishsa, bas u xalifadir. Illo, sizlardan kay biringiz
xalifa kilinsa, Sa’-ddan maslahat olsin. Sa’dni Kufa voliyligidan ozod etishimning boisi
ojizlik ham, xiyonat ham emas.
Mendan so‘nggi xalifaga islomdagi ilk muhojirlarning afzalligini doimo yodda tutishini
va xurmatini saqlashini vasiyat etaman. Ansorlarga yaxshi munosabatda bo‘lishini
tavsiya qila
man. Chunki, ular sizlar (kelishingiz)dan oldin Madinani bosh-pana va iymon diyori
qilib hozirladilar. Bo‘lajak xalifa ularning yaxshiligini qabul etsin, yomonligini kechirsin.
Ihyou ulumid-din. O’limni eslash kitobi. Imom G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |