www.ziyouz.com kutubxonasi
77
yaratilishimni chiroyli qilding, endi xulqimni ham chiroyli qilgin», der edilar» (Xaroitiy
rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib
aytadilar: «Mo‘minning ulug‘ligi uning dinidir, obro‘si chiroyli xulqidir, sha’n-shavkati
aqlidir» (Ibn Hibbon rivoyati). Usoma ibn Sharikdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar:
«A’robiylarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bandaga berilgan narsaning eng
yaxshisi haqida so‘rayotganlariga guvoh bo‘ldim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
ularga: «Chiroyli xulq», dedilar» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida menga eng suyukli
va makoni yaqiningiz xulqi chiroylirog‘ingizdir» («Suhbat odoblari kitobi»da kelgan).
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Uchta xislat borki, kimda shu xislatlarning hammasi yoki birontasi bo‘lmasa,
uning amalidan biror narsani hisobga olmanglar. (Birinchisi) Allohga osiy bo‘lishdan
to‘sib turadigan taqvo, (ikkinchisi) aqlsiz kishilarni to‘xtatib qoladigan halimlik,
(uchinchisi) xulq - insonlar orasida u bilan muomala qilinadi» (Xaroitiy zaif sanad bilan
rivoyat qilgan).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozni boshlashdagi duolaridan: «Ey
Allohim, meni chiroyli xulqlarga hidoyat qilgin, uning eng chiroylisiga Sengina hidoyat
qila olasan va mendan uning yomonlarini burib yuborgin, uning yomonlarini Sengina
burib yubora olasan» (Imom Muslim rivoyati). Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Bir kuni
biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lgan paytimizda «Albatta husni
xulq go‘yo quyosh muzni eritganidek, xatolarni eritib yuboradi», dedilar (Xaroitiy zaif
sanad bilan rivoyat qilgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chiroyli xulq
kishining baxtidandir», deb aytdilar (Bayhaqiy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Yana
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Baraka chiroyli xulqdadir», dedilar» (Xaroitiy zaif
sanad bilan rivoyat qilgan).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Abu Zarr roziyallohu anhuga: «Ey Abu Zarr,
tadbirga o‘xshash aql yo‘qdir va chiroyli xulqqa o‘xshash obro‘-martaba ham yo‘qdir»,
dedilar (Ibn Hibbon rivoyati). Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ummu Habiba
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdi: «Menga xabar bering-chi, agar ayol kishi
dunyoda ikki er qilgan bo‘lsa, u olamdan o‘tsa, ikki eri ham olamdan o‘tishgan bo‘lsa,
hammalari jannatga kirishsa, ayol qaysi biriga bo‘ladi?» Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Dunyoda ayol bilan yashaganida chiroyli xulqli bo‘lganiga bo‘ladi. Ey Ummu
Habiba, chiroyli xulq dunyo va oxirat yaxshiliklarini olib ketdi (ya’ni, hamma yaxshilik
chiroyli xulqdadir)», dedilar» (Bazzor, Tabaroniy va Xaroitiy zaif sanad bilan rivoyat
qilishgan).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana aytdilar: «Albatta to‘g‘ri yo‘lga solingan
musulmon kishi chiroyli xulqi va martabasining ulug‘ligi bilan qoim ro‘zadorning
darajasiga yetadi» (Imom Ahmad rivoyati). Boshqa bir rivoyatda «...issiq kunlardagi
chanqoq (ro‘zador) darajasini topadi», deyilgan.
Abdurahmon ibn Samura aytadilar: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
huzurlarida edik. U kishi: «Men o‘tgan kechada ummatimdan bir kishini tiz cho‘kib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |