Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
ilmni tarqatish va xalqni to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilishda sukut qilib turasan?» deydi. Mana 
shunday va shunga o‘xshash gaplarni uning qalbida qaror toptirish uchun doimiy 
harakatda bo‘ladi. Uni judayam yumshoq hiylalar bilan insonlarga nasihat qilish bilan 
mashg‘ul bo‘lishga moyil qiladi. So‘ngra uni insonlarga o‘zini chiroyli ko‘rsatishga, 
fasohatli lafzlar bilan gapirishga va yaxshiliklarni izhor qilishga (ya’ni, riyo qilishga) 
chaqiradi. Unga aytadiki: «Agar mana shunday qilmaydigan bo‘lsang, insonlarning 
qalblaridan so‘zingning mavqei (ya’ni, ta’siri) tushib ketadi, ular haq yo‘lga hidoyatlana 
olmaydilar». Uning huzurida shularni chiroyli ko‘rsatishda doim qoim bo‘ladi. Hatto bu 
orada olimning o‘zida riyo aralashmasi, ishlarini xalq qabul qilayotganidan xursand 
bo‘lish, martaba lazzati, unga ergashayotganlarning ko‘pligi, ilmini ko‘p sanash, 
xaloyiqqa past nazarda qarash qaror topadi. Natijada bechora olim o‘z nasihatlari bilan 
halokatga qarab ketib qoladi. Gapirayotganida maqsadini go‘yo yaxshilik, deb o‘ylaydi, 
aslida esa maqsadi obro‘ qozonish va insonlar oldida maqbul kishi bo‘lmoqdir. Shu 
sababli o‘zini Alloh huzurida ulug‘ bir maqomda, deb o‘ylagan holda halok bo‘ladi. U 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan mana bu kishilar jumlasidandir: «Albatta 
Alloh taolo dinda nasibasi yo‘q kishilar bilan ham bu dinni quvvatlaydi» (Nasaiy rivoyati
sanadi yaxshi). Yana bir hadisda quyidagicha aytiladi: «Albatta Alloh taolo bu dinni fojir 
kishi bilan ham quvvatlab qo‘yadi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). 
Shuning uchun rivoyat qilinishicha, Iblis alayhilla’na Iso ibn Maryam alayhissalomga 
ko‘rinib: «La ilaha illalloh, deng», deb aytganida, Iso alayhissalom Iblisga: «Bu haq 
kalima, lekin uni sening buyrug‘ing bilan aytmayman», degan ekanlar. Chunki shayton 
shunday yaxshilik ostida firib beradi. Shaytonning mana shu yo‘llar bilan firib berishi sira 
tugamaydi. Yomonlikni zohiran qilishni yomon ko‘radigan, nafslarining ochiq-oydin 
gunohga sho‘ng‘ib ketishiga rozi bo‘lmaydigan ulamolar, obidlar, zohidlar, kambag‘al va 
boylar hamda shular toifasidan bo‘lgan boshqa kishilar ham shaytonning mana shu 
xildagi firiblari tufayli halok bo‘lishadi. 
Tezda kitobimiz oxiridagi «G’urur kitobi»dan joy olgan shayton hiylalaridan zikr qilamiz. 
Ehtimol, vaqtimiz yetsa, bu xususda «Iblisning firib berishi» deb nomlangan kitob tasnif 
qilishimiz ham mumkin. Chunki hozir shaharlarda bandalar o‘rtasida, xususan, 
mazhablar, e’tiqodlar to‘g‘risida shaytonning chalkashtirishi juda tarqalib ketdi. Hatto 
yaxshiliklardan faqatgina suvrat qoldi, xolos. Bularning hammasi shaytonning firiblari va 
hiylalariga bo‘ysunilganligi uchundir. 
Endi banda xayoliga kelgan har bir qasd farishta tarafidan yoki shayton tarafidan 
ekanligini bilish uchun bir to‘xtalib olmog‘i lozim. Yana unga tabiatida bo‘lgan xohish 
bilan emas, balki qalb ko‘zi orqali chuqur qaramog‘i lozim bo‘ladi. Bu narsalardan taqvo 
nuri, qalb ko‘zi va ilmning ko‘pligi bilan xabardor bo‘linadi. Alloh taolo aytadi: 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish