Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
maqsadida emasmiz. Zero, bu tabiblarga taalluqli masaladir. Diniy-ilmiy maqsadga oid
joyi ham yo‘q. Biz shaklini zikr qilgan qalb chorva hayvonlarida ham, o‘liklarda ham
mavjuddir. Biz bu kitobda «qalb» lafzini keltirar ekanmiz, unda bu ma’noni nazarda
tutmaymiz. Chunki u qadrsiz bir bo‘lak go‘sht, xolos. U mulk va shahodat olamidandir.
Zero, odamlardan tashqari chorva hayvonlari ham ko‘rish hissiyoti bilan uni biladi.
Ikkinchi ma’no - Robbimiz bandalariga ato etgan ruhoniy bir narsadirki, uning jismoniy
qalbga bog‘liqligi bor. Ana shu ilohiy ne’mat insonning asl mohiyati, haqiqatidir. U
insonning idrok qiluvchisi, biluvchisi va tanuvchisidir. Xitob qilinadigan, jazolanadigan,
itob qilinadigan va talab qo‘yiladigan ham udir. Uning jismoniy qalb bilan mustahkam
aloqasi borki, ko‘p insonlarning ana shu mushtaraklik holatini bilishga aqllari yetmay
qoladi. Chunki ruhoniy qalbning jismoniy qalbga bog‘liqligi arazning, ya’ni shakl-
ranglarning jismlarga, sifatlarning sifatlanuvchiga, biror asbob ishlatuvchining o‘sha
asbobga, bir yerga o‘rnashgan kishining o‘sha o‘ringa bog‘liqligiga o‘xshaydi. Biz bu
o‘rinda ikki narsa sababidan mazkur bog‘liqliklarni sharhlashdan tiyilamiz.
Birinchisi - albatta u mukoshafa (kashf etish) ilmlariga tegishlidir. Bizning bu kitobdan
ko‘zlaganimiz esa faqat muomala ilmlaridir.
Ikkinchisi esa - qalbning haqiqatini bilishga urinish sir tutilgan ruh ishini oshkor qilishni
taqozo etadi. Ruh ishi esa hattoki Rasululloh sollallohu alaihi vasallam u to‘g‘rida
gapirmagan mavzulardandir. Shunday ekan, u zotdan boshqa kishilarning bu to‘g‘rida
gapirmoqligi joiz emas. Demak, agar bu kitobning qaerida «qalb» lafzi zikr qilinsa,
albatta undan yuqoridagi ilohiy ne’mat ma’nosini ko‘zda tutamiz. Maqsadimiz qalbning
mohiyat-haqiqatini emas, balki uning sifat-holatlarini bayon etishdir. Zero, muomala ilmi
qalbning mohiyat-haqiqatini emas, uning sifat-holatlarini tanishga muhtoj bo‘ladi.
Ikkinchi lafz - «ruh»dir. U ham ikki xil ma’noda keladi. Birinchisi - u ko‘zga ko‘rinmas bir
jism, uning manbai jismoniy qalbning, ya’ni yurakning bo‘shlig‘idir. Bas, u yerdan
uruvchi tomirlar orqali badanning boshqa a’zolariga tarqaladi. Badanda ruhning yurishi,
undan a’zolarga hayot, sezish, ko‘rish, eshitish va hidlash kabi hayot nurlarining oqib
chiqishi go‘yo uyning burchaklarida aylantirilayotgan chiroqdan taralayotgan nurga
o‘xshaydi. Chunki chiroq uyning qaysi burchagiga bormasa, faqat o‘sha yer yorishadi.
Hayot bir devorda hosil bo‘lgan nurga o‘xshaydi. Ruh esa go‘yo chiroqqa o‘xshaydi.
Ruhning ichkarida yurishi uyning atrofida bir harakatlantiruvchining qo‘zg‘ashi bilan
harakatlanishiga o‘xshaydi. Tabiblar ham «ruh» lafzini tilga olishganida unda shu
ma’noni nazarda tutishadi. U bir ko‘zga ko‘rinmas bug‘ki, uni qalbning harorati pishiradi,
deyishadi. Buni sharhlash bizning vazifamiz emas, zero bu badanlarni muolaja qiladigan
tabiblarning maqsadlaridir. Ammo bu qalblarni olamlarning Robbi yaqinligiga
yetaklashga qadar davolovchi din tabiblarining maqsadlaridir, bas, bu ruhni sharhlashga
aslo taalluqli emas.
Ikkinchi ma’no - u insondagi biluvchi va idrok qiluvchi bir ilohiy ne’matdir. Bu haqda qalb
ma’nolarining ikkinchisini sharhlaganimizda aytib o‘tdik. U Alloh taoloning quyidagi oyati
bilan iroda qilgan narsasidir:
«Ayting:
Do'stlaringiz bilan baham: