www.ziyouz.com
kutubxonasi
12
«Kim Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir gaz yaqinlashaman» (Imom Buxoriy
va Muslim rivoyatlari).
Bularning hammasida shunga ishora borki, ilm nurlari ne’mat beruvchi tomonidan
baxillik tufayli qalblardan to‘sib qo‘yilgan emas, chunki Alloh taolo baxillik va man
qilishdan oliydir. Lekin qalb iflosligi, kirligi va unda boshqa bir mashg‘ulot borligi uchun
to‘sib qo‘yiladi. Chunki qalblar idishlarga o‘xshaydi, modomiki idishlar suv bilan to‘la
holda bo‘lsa, unga havo kirolmaydi. Qalblar ham Allohdan boshqa narsa bilan mashg‘ul
bo‘lsa, unga Alloh ulug‘ligining ma’rifati kirmaydi va bunga ham Payg‘ambar sollallohu
alayhi vasallamning mana bu so‘zlarida ishora bor: «Agar shaytonlar odam farzandi
qalblarining atrofida aylanib yurmaganlarida albatta osmon podshohligiga qaray olgan
bo‘lardilar» (Imom Ahmad rivoyati). Bu jumlalardan insonning ilm va hikmat bilan
xoslanganligi ravshan bo‘ladi.
Ilm navlarining ulug‘rog‘i Allohga va Uning sifatlari, af’ollariga oid bo‘lgan ilmdir.
Insonning yetukligi ham ana shu bilandir. Yetuklikda esa Alloh taologa yaqin bo‘lganlik
saodati va salohiyati bor. Badan nafsning ulovidir, nafs esa ilmning makonidir. Ilm
insonning maqsadi va unga xos bo‘lgan xususiyatdir. Inson shuning uchun yaratilgan. Ot
yuk ko‘tarishda eshak bilan bir xil bo‘lsa-da, lekin kerak bo‘lganda hamla qilishi, qocha
olishi va ko‘rinishining chiroyi bilan eshakdan ajralib turadi. Ot ana shu xususiyatlar
bilan yaratilgan bo‘ladi.
Agar bu xususiyatlarda sustkashlik qilsa, eshak martabasining eng pastiga tushib qoladi.
Xuddi shuningdek, inson ham eshak va ot bilan ba’zi ishlarda o‘xshash bo‘lsa-da, boshqa
ishlarda undan ajralib turadi. Bu ajrab turadigan ishlari insonning xususiyatlaridandir.
Ana shu xususiyatlar esa olamlar Robbiga yaqin bo‘lgan farishtalarning sifatlaridir va
inson hayvon va farishtalar o‘rtasidagi bir martabadadir. Inson yeyish, ichish va nasl
qoldirish tomonlaridan bir o‘simlik kabidir. Sezish va ixtiyoriy harakatlanish jihatidan esa
hayvon kabidir. U ko‘rinishi va qomati tomonidan esa devorga o‘yilgan bir suratga
o‘xshaydi. Uning insoniylik xususiyatlari esa narsalarning haqiqatini bilishlikdadir.
Agar qay bir inson barcha a’zo va quvvatlaridan ilm va amalga yordam so‘rab ishlatsa,
albatta u o‘zini farishtalarga o‘xshatibdi va ularga qo‘shilmoqqa haqli. Farishta va
rabboniy, deb ismlanmoqqa loyiqdir. Alloh taolo Yusuf alayhissalomni ko‘rgan ayollar
haqida xabar berib aytadiki:
Do'stlaringiz bilan baham: |