«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir»
(Al-Isro surasi, 85-
oyat). Bu holda inson o‘ziga rububiyatni da’vo qiladi, egalik qilmoqni, yuksalmoqni,
alohida bo‘lmoqni, ishlarning hammasida o‘zboshimchalik qilmoqni, yolg‘iz o‘zi rais
bo‘lmoqni hamda bandalik va kamtarlik martabasidan sug‘urilib ajrab chiqmoqni yaxshi
ko‘radi. Yana hammasi ilmlardan xabardor bo‘lmoqni xohlaydi. Olimlikni,
ma’rifatparvarlikni va ishlarning haqiqatini bilishni da’vo qiladi. Agar uni ilmga nisbat
berilsa, ya’ni olim, deyilsa, xursand bo‘ladi va agar uni nodonlikka nisbat berilsa, xafa
bo‘ladi.
Har bir haqiqatni bilmoq, barcha xalqlar ustidan g‘olib kelish bilan ularga hukmronlik
qilmoq rububiyat sifatlaridan, ya’ni Allohning sifatlaridandir. Insonda esa bu sifatga
xarislik, qiziqish bor.
Endi inson g‘azab va shahvatda hayvonlar bilan bir xil bo‘lib, undan yaxshi-yomonni
ajrata olishi bilangina ajralib turadigan bo‘lsa, u insonda shaytoniylik ustun bo‘lib qoladi.
Natijada u juda yomon insonga aylanadi. Ajrata olish qobiliyatini ham yomonlik yo‘llarini
topishda, ya’ni kashf etishda ishlatadi. Maqsadlarga ham makr-hiyla va aldoqchilik bilan
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
yetadi, yaxshilik qilinadigan o‘rinlarda yomonlikni ko‘paytiradi va bular esa
shaytonlarning xulqlaridir.
Har bir insonda mana shu to‘rtta xislatdan ozginadan bo‘lsa ham, uchraydi. Ya’ni,
robboniylik, shaytoniylik, vahshiylik, hayvoniylik -hammasi qalbda jamlangan bo‘ladi. Bu
go‘yo to‘ng‘iz, it, shayton va donolik sifatlari inson terisi ichiga jamlanib olgandekdir.
To‘ng‘iz sifati shahvatdir.
Chunki to‘ng‘iz rangi, shakli yoki surati tufayli yomonlangan emas, balki haddan ziyod
ochko‘zligi, badfe’lligi va hirsi tufayli mazammat qilingan. It esa g‘azabdir. Chunki o‘ta
jur’atli va qopag‘on it surati, rangi va shakli tufayli it yoki yirtqichligi emas, balki
qonxo‘r, vahshiy, adovat va qopag‘onlilik uchun yomonlangandir. Insonning botinida
ham yirtqich hayvonning vahshiyligi va g‘azabi, to‘ng‘izning hirsi va ochko‘zligi bor. Bu
to‘ng‘iz ana shu ochko‘zligi bilan insonni fahsh va munkar ishlarga chaqiradi. Yirtqich esa
g‘azabi bilan zulmga va ozor berishga chorlaydi. Shayton doim to‘ng‘izning shahvatini va
yirtqichning g‘azabini qo‘zg‘ab, ularning birini ikkinchisiga gij-gijlaydi. Ularning
tabiatidagi narsalarni chiroyli ko‘rsataveradi.
Aqlga misol qilib keltirilgan donolik esa o‘zining o‘tkir qalb ko‘zi va ochiq, yorqin ma’rifati
bilan shayton hiylalaridan ogoh qilib turishga va to‘ng‘iz sifatining ustiga it sifatini
hukmron qilib, uning ochko‘zligini sindirmoqqa buyurilgandir. Zero, shahvat g‘alayoni
g‘azab bilan sinadi. It sifatining qonxo‘rligini uning ustiga to‘ng‘iz sifatini, ya’ni shahvatni
hukmron qilib daf qilmoqqa va itni uning siyosati ostida mag‘lub qilmoqqa buyurilgandir.
Bas, agar mana shunday qilishga qodir bo‘lsa, ishlar to‘g‘rilik tomonga o‘nglanadi va
badan mamlakatida adolat zohir bo‘ladi, har biri to‘g‘ri yo‘lda yuradi. Agar bularni
mag‘lub qilolmasa, u holda o‘zini yengishadi va uni xizmatkor qilib olishadi. Bas, natijada
har xil hiylalar chiqarishda va to‘ng‘iz sifatini to‘ydirish va it sifatini rozi qilish uchun har
xil fikrlar kashf qilishda muqim bo‘lib qoladi. Buning natijasida esa ana shu to‘ng‘iz va
itlarga doimo bo‘ysunib qoladi.
Ko‘p insonlarning hollari shunday. Chunki ularning maqsadlari ko‘proq qorinlari, jinsiy
a’zolari va dushmanlar bilan olishuvdir. Ajablanarlisi shuki, bunday inson
butparastlarning butga sig‘inishini inkor qiladi. Lekin o‘zidan parda ko‘tarilib, haqiqiy
holati xuddi ba’zi insonlarga uyqusida yoki uyg‘oqligida ko‘rsatilganidek oshkor etilsa,
o‘zini cho‘chqaning oldida goh sajda, goh ruku’ qilib, uning ishora va amrini kutib turgan
holatda ko‘radi. Natijada u to‘ng‘iz o‘z shahvatlaridan biror narsa istagida qo‘zg‘olgudek
bo‘lsa, shu zahoti uning xizmatiga va istagini hozirlashga yuguradigan bo‘lib qoladi. Yoki
o‘zini qopag‘on it oldida, unga ibodat qilgan holda va u istagan narsalarga eshitgan
zahoti itoat etgan holda ko‘radi va uning itoatiga yetish uchun kerak bo‘ladigan hiylalar
to‘g‘risida fikr qilish uchun diqqatini qaratadi. Bunday kishi ana shu ishlari bilan
shaytonini xursand qilishga intiluvchidir. Chunki to‘ng‘izni hayajonlantirib, itni
qo‘zg‘otadigan va ularni o‘z xizmatiga majburlaydigan narsa shaytondir. Bas, inson
mana shu tomondan, ya’ni to‘ng‘iz va itning istagini bajarish bilan shaytonga ibodat
qiladi. Har bir banda o‘zining harakat va sakanotlarini, sukut va gapirishlarini, tik turishi
va o‘tirishini tekshirib ko‘rsin hamda qalb ko‘zi bilan qarasin. Agar nafsi insof ko‘zini
ochib tursa, o‘zini kun bo‘yi ana shularning, ya’ni shayton va askarlarining ibodatlariga
harakat qilayotgan holatda ko‘radi, bu esa zulmning eng nihoyasidir. Zero, zulm
xo‘jayinni xizmatkor, murabbiyni tarbiyalanuvchi, xojani qul va g‘olibni mag‘lub qilib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |